To‘rsimon armaturalanadigan elementlarni hisoblash




Download 3,12 Mb.
bet43/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

To‘rsimon armaturalanadigan elementlarni hisoblash. Tursimon armaturalanadigan markaziy siqilgan elementlar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
N£mqj Rs. k A, (34.1)
bu yerda N- hisobiy kuch; j - bo‘ylama egilish koeffitsienti; A-element kesim yuzasi; Rs.k- hisobiy qarshilik.
Turlar bilan armaturalangan terimning elastiklik xarakteristikasi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
(34.2)
bu yerda -armaturalanmagan terimning elastiklik xarakteristikasi;
Ru - armaturalanmagan terimning siqilishga mustahkamligining o‘rtacha chegaraviy qiymati; Rsku - shuning o‘zi, biroq armaturalangan terimniki.
Markaziy siqilishda terimni to‘rsimon armatura bilan armaturalash foizi quyidagi qiymatdan ortiq bo‘lmasligi kerak:
m=50 0,1%.
Tursimon armaturali nomarkaziy siqiluvchi elementlar ushbu formula bilan hisoblanadi.
N(( 1mqRskvAsw, (34.3)
bu yerda (1 - bo‘ylama egilish koeffitsienti; Rskv -hisobiy qarshilik; As-kesim sikilgan qismining yuzasi; mq -(32.11) formuladan aniqlanadi; w-terim hisobiy qarshiligini ortishini hisobga oluvchi miqdor, u quyidagi formuladan aniqlanadi:
wg‘1+ye0h2u£1,45.
Kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak element uchun
Asg‘A(1- 2e0hu) w bo‘lsa, u xolda (34.3)ning ko‘rinishi
N((1mq Rskv A (1-2e0 hh) w bo‘ladi,
bu yerda h- kesimning eguvchi moment ta’sir etadigan yo‘nalishdagi balandligi.
Nomarkaziy siqilishda tursimon armaturalangan terimning hisobiy qarshiligi kesim yadrosi chegarasida ekssentrisitet kichik bo‘lganida quyidagi formulalardan aniqlanadi:
Markasi kamida 50 bo‘lgan korishma ishlatilganda:
Rskvg‘R+ EMBED Equation.3 (1-2e0hu)(2R;
markasi 25 va undan past bo‘lgan korishmalar ishlatilganda:
Rskvg‘R1+ (1-2e0hu) .
Bunda og‘irlik markazidan kesim chetigacha bo‘lgan masofa esksentrisitet tomonga olinadi. Ekssentrisitet kesimdan chetda bo‘lganda (to‘g‘ri to‘rtburchak kesimda ye0> 0,17h ), hamda egilishda lh>15 yoki li>53 bo‘lganda tursimon armaturalash maqsadga muvofiq emas.
Armaturalangan terim uchun elastiklik moduli Ye0g‘ Rsku.
Nomarkaziy siqilishda terimni tursimon armatura bilan armaturalash foizi
mg‘ ³0,1%.
Quyidagilar uchun tosh-g‘isht konstruksiyalarning elementlari ikkinchi gurux chegaraviy holatlarga hisoblanadi:
- ye0>0,7u ekssentrisitetda nomarkaziy sikilgan armaturalanmagan elementlar;
- terimning turli deformatsiyalanishga ega bo‘lgan materiallardan kutariladigan elementlarida keskin farq bilan yuzaga keluvchi kuchlanishlarda ishlaydigan yondosh konstruktiv elementlar;
-sinch bilan bog‘langan va yuklarni qabul qilish uchun birga ishlaydigan o‘z yukini ko‘tarib turuvchi devorlar;
- sinchlarni to‘ldiruvchi devorlar;
- suvok yoki plitadan ishlangan ximoya qoplamalari bo‘lishi talab etiladigan bo‘ylama armaturalangan simlar;
- inshootlarning foydalanish shartlariga ko‘ra yoriklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan yoki yoriqlar ochilishi cheklangan boshqa elementlari.
Yuqorida keltirilgan konstruksiyalar seysmik ta’sir, zarb, portlash kabi yuklar ta’sirida yoriqlar ochilishiga hisoblanmaydi.
Tosh-g‘isht va armotosh konstruksiyalarni deformatsiyalarga hisoblashda me’yoriy yuklarning birgalikdagi asosiy ta’sirini, yoriqlar ochilishiga hisoblashda esa hisobiy yuklar ta’sirini e’tiborga olish kerak.
Foydalanish shartlariga ko‘ra yoriqlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan armaturalanmagan konstruksiyalar, cho‘zilgan yuzalar deformatsiyaga hisoblash yo‘li bilan qo‘yidagi formulalar orqali tekshirilgan bo‘lishi kerak:
o‘q bo‘ylab cho‘zilishga:
N£YeAeu;
egilishga:
M£Ye Jeuh(h-u);
nomarkaziy siqilishga:
;
nomarkaziy cho‘zilishga
;
bu yerda N va M-tegishlicha bo‘ylama kuch va eguvchi moment; eu - 0,8..1×104 qiymatda olinadigan nisbiy deformatsiyalar chegarasi; J-kesim inersiya momenti.
Nomarkaziy sikilgan elementlar (ye>0,7 u da) yoriqlar ochilishiga cho‘zilgan soxada cho‘zilishning shartli kuchlanishlariga qarab hisoblanadi. Bunda kesim bo‘ylab kuchlanishlarning chiziqli epyurasi elastik jismdagi kabi qabul qilinadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
N£ ,
bu yerda: Rtv-terimning bolanmagan kesim bo‘ylab egilishida cho‘zilishga bo‘lgan hisobiy qarshilik; jr-konstruksiyaning xizmat muddatiga bog‘liq xolda qurilish me’yorlari bo‘yicha belgilangan yoriklarning ochilishiga hisoblashda foydalaniladigan terim ish sharoitiga tegishli koeffitsient.
Bo‘ylama armaturalar bilan armaturalangan terimlarni hisoblash:
a) Markaziy siqiluvchi element
Np£j(0,85RF+RsAs);
b) Nomarkaziy siqiluvchi element: 1) kichik ekssentrisitetli:

2) katta ekssentrisitetli:
Np£j(1,05Rvx+RsAs1-RsAs).
Qurilish amaliyotidan ma’lumki, agar to‘g‘ri hisoblab loyihalangan, qurilish qoidalariga to‘liq amal kilgan xolda barpo etilgan, g‘isht devorli binolar ham seysmik kuchlarga yetarli darajada bardosh bera oladi.
Barcha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar (bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar, yopmalar) bir-biri bilan mustahkam bog‘langan xoldagina bino zilzila kuchlariga bir butun fazoviy konstruksiya sifatida qarshilik ko‘rsatadi. Agar bu bog‘lanish mavjud bo‘lmasa yoki zaif bo‘lsa, bo‘ylama devorlar ko‘ndalang devorlardan ajralib ketishi va ba’zi xollarda qulab tushishi mukin. Binolarning zilzilalardan zarar ko‘rmasligi uchun sinovdan o‘tgan maxsus konstruksiyalardan foydalaniladi. Masalan, binoning perimetri bo‘ylab antiseysmik kamarlar tiklanadi, yopmalar bir-biriga va devorlarga puxta bog‘lanadi, devor burchaklariga, kesishuv yerlariga armatura yotkiziladi va x.k.



Download 3,12 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘rsimon armaturalanadigan elementlarni hisoblash

Download 3,12 Mb.