1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja




Download 3,12 Mb.
bet44/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

Amaliy mashg‘ulot


Amaliy mashg‘ulot – 1. Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari

Konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi.


Metall konstruksiyalari loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi.
Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat:
1. Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish;
2. Konstruksiyani egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish.
Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baholanadi.
Hisoblashning asosiy maqsadi, temirbeton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqqachidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir.
Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash, talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib va u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasini samarali shakli va o‘lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikirligini hisobga oladigan kesim yuzasi hisobiy kesim yuzasi deyiladi. Konstruksiya deb, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa, binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Konstruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi xaqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisobga olgan xolda bino va inootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikirligini ta’minlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo‘lish kerak.
1.2 Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar
Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, texnik, iktisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan xolda loyixalanadi.
Funksional talablarga ko‘ra xar bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikirligi va uzoqka chidashini ta’minlashga karatiladi.
Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi.
Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq kanoatlantiradi.
Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari (masalan, to‘sin balandligi) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Konstruktiv yechimlar, konstruksiyalarni muayyan shart-sharoitlarda ishlatishning texnik-iktisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligiga asoslangan xolda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermexnatligini hamda qurilish ob’ektining narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan xolda tanlangan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:

  • samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish;

  • konstruksiyalarning massasini kamaytirish;

  • materiallarning fizik-mexaniq xususiyatlaridan to‘liq foydalanish;

  • maxalliy qurilish materiallarini ishlatish;

  • asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya qilish.

Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va kurishdagi materiallar, energiya, mexnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy kurkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab olinadi.
Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik - materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Material sarfi jixatidan eng afzal konstruksiya teng mustahkamlikdagi konstruksiya hisoblanadi. Bunday konstruksiyadagi barcha kesimlar unga ishlatiladigan materiallarning fizik-mexaniq xossalaridan to‘liq foydalanish sharti bilan tanlangan bo‘ladi (teng mustahkamlikka ega bo‘lmagan konstruksiyalarda ba’zi yirik elementlarning mustahkamligidan to‘liq foydalanilmaydi).
Konstruksiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisoblangan bo‘lishi kerak. Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, xaroratning o‘zgarishi, kirishishlar va boshqa shunga o‘xshash xodisalar konstruksiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi.
Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida konstruksiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruksiyalarning uzoqqa chidamliligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ko‘zda tutish sovuqbardosh va o‘tga chidamli, korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan ximoya qilishga doir choralar ko‘rish kerak.



Download 3,12 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja

Download 3,12 Mb.