|
Ma’ruza №14 mavzu: inshootning cho’kishi reja
|
Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #115683 |
Bog'liq 14-MA\'RUZA (1)
MA’RUZA № 14
MAVZU: INSHOOTNING CHO’KISHI
Reja:
Inshootning cho’kish sabablari.
Inshoot cho’kishini aniqlash uslublari.
M. Gersevanov uslubi, N.A. TSitovich uslubi, ketma-ket jamlash uslubi.
Tayanch so’z va iboralar: Inshootning cho’kishi, sabablari, aniqlash uslublari, to’la cho’kish, faol qavat.Plastik deformatsiyalar qaytmas deformatsiya, qaytar deformatsiya, oqish jarayoni,sitilib chiqish.
Inshoot zaminida ro’y beradigan cho’kishlar, inshootni yaroqsiz bo’lib qolishigaolib keladi. Masalan: Avtomobil yo’llarida uchraydigan baland-pastliklar ularning zaminidagi ro’y beradigan cho’kishning bir xil emasligidan darak beradi. Inshoot zaminida grunt tarkibining tub o’zgarishsiz sodir bo’ladigan tik deformatsiyalar cho’kish deyiladi. Inshoot zaminida turli jarayon va hodisalar natijasida quyidagi vertikal cho’kishlarni ko’rish mumkin:
Inshoot zaminidagi gruntlarni bosim ta’sirida siqilishi natijasida hosil bo’ladigan cho’kishlar;
Namlik oshishi bilan gruntni cho’kuvchanligi ta’sirida hosil bo’ladigan deformatsiyalar;
Yer osti foydali qazilmalarni qazib olish natijasidaer usti deformatsiyalanishi bilan bog’liq bo’lgan cho’kishlar;
Gruntlarning ko’pchishi yoki muz qatlamlarining hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan cho’kishlar.
Inshootning cho’kishining miqdori asosan gruntning turiga, tabiatiga, hamda qo’yilayotgan bosim miqdoriga bog’liqdir.
Sochiluvchan va qattiq konsistentsiyali gilli gruntlarda inshootning cho’kishi qurilish devorining o’zidayoq tugaydi deb hisoblanadi. Plastik konsistentsiyali gilli gruntlardagi inshootning cho’kishi esa qurilish tugugandan keyin ham bir necha yil davom etadi. Inshootning cho’kishiga kuch qo’yiladigan maydonning kattaligi, shakli, hamda inshoot tuzilmasi ham qattiq ta’sir etadi.
Inshootning cho’kishini hisoblab topish uchun gruntlarning o’z og’irligi va inshootdan tushuvchi qo’shimcha zo’riqishlarni aniqlash zarur. Inshootning cho’kishini aniqlash uslublari xilma-xildir. Ular quyidagilardir:
N.M.Gersevanov uslubi;
N.A.TSitovich uslubi (monand qatlam qalinligi uslubi);
Ketma- ket jamlash uslubi (QM va Q bo’yicha).
N.M.Gersevanov inshootning cho’kishini quyidagi hollardaaniqlashni tavsiya etadi:
Balandligi ga teng bo’lgan, siqiluvchan grunt gorizontal bo’ylab cheksiz kengaygan vaostki tomondan siqilmaydigan grunt bilan chegaralangan bo’lsin. Suv sizib chiqish imkoniyatiga ega bo’lgan bu qatlamga yaxlit, tekis va cheksiz kuch ta’sir etib tursin. Siqiluvchan qatlam bo’yicha ta’sir etuvchi bosim natijasida gruntda deformatsiyasi hosil bo’ladi. Bu holda gruntning boshlang’ich g’ovak koeffitsienti ma’lum darajada kamayib, qiymatiga ega bo’ladi,natijada grunt siqilib, uning balandligi Hsiq ga teng bo’ladi,agar bu jarayon gruntda faqat g’ovaklik kamayishi evaziga bo’ladi deb qarasak, zarrachalar hajmi o’zgarmas holda qolib, quyidagi ifodani yoza olamiz:
va
Bu tengliklarning o’ng tomonidan tenglashtirilib vaolingan ifodani ga nisbatan echsak, cho’kish quyidagicha topiladi:
Agar
Bunda N.M. Gersevanov inshootning to’la tshla cho’kishini quyidagicha ifodalaydi:
gruntning cho’kishi;
siqilish koeffitsienti;
siqiluvchan qatlamni hamma chuqurligi bo’yicha tekis olingan, inshootdan berilayotgan qo’shimcha bosim.
gruntning boshlang’ich g’ovaklik koeffitsienti;
grantning siqiluvchan qatlami.
N.A.Tsitovich uslubi:CHo’kishini monand (ekvivalent) qatlam usuli yordamida yonga kengayish chegaralangan hol uchun aniqlash mumkin. Gruntning ustki tomondan butun maydonga tekis tarqalgan kuch ta’sir etib, yonga kengayish chegaralangan holda berilgan, o’lchamlari poydevorning cho’kish qiymatiga teng darajada cho’kadigan qalinligi monand (ekvivalent) qatlam qalinligi deyiladi. Monand qatlam qalinligi gruntning yonga kengayish koeffitsientiga, poydevorning rejadagi shakliga, uning o’lchamiga bog’liq bo’ladi. u holda bir xil turdagi gurntlar uchun inshootning to’la cho’kish miqdori quyidagichaaniqlanadi:
bu erda monand qatlam qalinligi bo’lib, u quyidagi ifodaorqali topiladi:
bu erda yonga kengayish koeffitsientiga bog’liq bo’lgan koeffitsient bo’lib, quyidagichaaniqlanadi:
b u erda yonga kengayish koeffitsienti bo’lib, gruntning turiga bog’liqdir.
poydevorning shakli va qattiqligiga bog’liq bo’lgan koeffitsient bo’lib, jadvaldan olinadi.
poydevor kengligining yarmi.
Ketma-ket jamlash uslubi: Bu usul inshoot zaminida turli xil gruntlardan tashkil topganda qo’llaniladi. Bu usulda inshootdan tushayotgan kuch ta’siri ostida gruntning cho’kishi siqiluvchan qavatdagi grunt elementar qatlamlarining deformatsiyalarini qo’shish yo’li bilan topiladi. Poydevorning cho’kishini hisoblash uchun quyidagi ketma-ketlikdagi hisoblash ishlari bajariladi:
Poydevor tagidagi grunt qalinligi dan katta bo’lmagan qavatchalargaajratiladi ( -poydevorning eni).
Poydevor tagidagi maydon markazidan o’tuvchi o’q uchun gruntni o’z birligidan hosil bo’lgan kuchlanishlarning miqdori aniqlanib, uning epyurasi tuziladi:
Qo’shimcha deformatsiyalanuvchi kuchlanishning miqdori va epyurasi tabiiy kuchlanishning 20% ini tashkil etuvchi chuqurlik aniqlanadi yoki chizmadan ham foydalanib, faol qavat qalinligi 2ta tik kuchlanishlarni kesishish nuqtasi orqali aniqlash ko’zda tutiladi.
Har bir qavatchaning to’la cho’kish miqdori jamlanib, quyidagicha topiladi:
ёки
zaminning ishlashiga bog’liq bo’lgan koeffitsient bo’lib, QMQ ga asosan deb olinadi.
Nazorat savollari:
Inshootning qanday cho’kish sabablarini bilasiz?
Inshoot cho’kishini qandayaniqlash uslublarini bilasiz?
Uchta uslubni qo‘llash uchun qanday sharoitlar bo‘lishi kerak?
|
| |