Amaliy mashg‘ulot – 6. Payvand birikmalar




Download 3,12 Mb.
bet50/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

Amaliy mashg‘ulot – 6. Payvand birikmalar

Payvand birikmalarning turlari


Payvand birikmalarda elementlar tutash va ustma-ust ulangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki xil usuldan aralash foydalanish ham mumkin. Chokning tuzilishiga ko‘ra tutash va burchakli bo‘ladi. Elementlarning payvandlanadigan qirralariga ilgaridan ishlov berish turiga qarab V-shaklli, K-shaklli, X-shaklli va U-shaklli choklar bo‘ladi.

Rasm 1 Tutash birikmlarning shakllari



Rasm. 2. Burchak chokli payvand birikmaning hisobiy kesimlari.


1. Chok metalli bo‘yicha; 2.Erish chegarasi metalli bo‘yicha.

.3. Payvand birikmalarni hisoblash


Payvand birikmaning mustahkamligi biriktirilgan elementlarning materialiga, chok metalining mustahkamligiga birikmaning shakli va turiga, kuchlar ta’sirining xarakteriga, payvandlash usuliga va payvandchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Tutash chokni hisoblash. Tutash payvand choklarga bo‘ylama kuch ta’sir etganda chokning mustahkamligi quyidagicha tekshiriladi:
(4.1)

Rasm 3 Burchak va tutash payvand choklar

bu yerda: N – bo‘ylama ta’sir etayotgan hisobiy kuch,


t – chokning qalinligi (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng),
chokning hisobiy uzunligi (chokning geometrik uzunligiga teng agar chok tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, bo‘lmasa 2t sm.ga kam deb hisoblanadi),
uchma-uch payvandlangan birikmadagi chokning siqilish va cho‘zilishga hisobiy qarshiligi, cho‘zilishda tenglik siqilish va egilishda qarshiligi olinadi.
Burchak chokli payvand birikmalarni bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlar ta’sir chizgi kesishuv (shartli) kesmi bo‘yicha hisoblash kerak. Burchakli chok biriktiriladigan elementlar qirralarining burchagida kuch hosil bo‘ladi. Ishlash xarakteri va asosiy kuch oqimlariga nisbatan fazoda joylashishiga qarab burchakli chok ikki xil bo‘ladi: yonbosh va ko‘ndalang. Yonbosh chok bo‘ylama kuch ta’sirida qirqilishga ishlaydi. Bunda qirqilish sirtining balandligi bo‘lgan burchak bissektrisasi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Burchakli choklar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:

Chok metallning kesimi bo‘yicha:



erish chegarasidagi metallning kesimi bo‘yicha

bu yerda: payvand usuliga bog‘liq bo‘lgan koeffitsientlar: oquvchanlik chegarasi 530MPa (5400 kg/sm2) gacha bo‘lsa, QMQ 2.03.05-97 ning 13,1 jadval bo‘yicha: oquvchanlik chegarasi payvandlash turi, chok holati va payvandlash simi diametriga bog‘liq bo‘lmagan holda 530MPa (5400 kg/sm2) dan yuqori bo‘lsa βf=0,7 va βz=1bo‘ladi
chokning qalinligi, (biriktiriladigan elementlarning kichik qalinligiga teng).
eritilgan po‘lat chokning hisobiy qarshiligi,

γm – chok materiali bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti, u 1,25ga teng agar Run <530MPa va 1,35 teng agarRun >530MPa bo‘lsa.
erish chegarasidagi po‘latning hisobiy qarshiligi,

chokning hisobiy uzunligi, geometrik uzunligiga 1sm qo‘shiladi.

Burchak chokli payvandlangan ulanmalarning choklar joylashuvi tekisligiga perpendikulyar tekislikdagi vaqt xarakatiga hisoblashni quyidagi formulalar bo‘yicha ikki kesishuv bo‘ylab amalga oshirish kerak:
Chok metalli bo‘yicha;

Eritish chegarasi metalli bo‘yicha;

bunda; Wf –hisobiy kesimning chok metalli bo‘ylab qarshilik momenti;
Wz – xuddi shuning o‘zi eritish chegarasi metalli bo‘ylab kesimini qarshilik momenti.
Burchak chokli payvandlangan ulanmalarni shu choklar joylashuvi tekisligidagi harakat paytiga hisoblashni ikki kesishuv bo‘ylab;
Chok metalli bo‘yicha;

Erish chegarasi metalli bo‘yicha;

formulalari bo‘yicha amalga oshirish kerak,
bunda Ifx va Ify - chok metali bo‘ylab uning asosiy o‘qlariga nisbatan inersiya momentlari;
Izx va Izy – xuddi shuning o‘zi, eritish chegarasi metalli bo‘ylab.
Agar payvand (chok) birikma bir necha xil choklar (uchma-uch, yonbosh va ko‘ndalang burchakli) dan tashqil topgan bo‘lsa, bunday birikma aralash payvand birikma deb ataladi. Shartli ravishda bunday chokli birikmalarda kuchlanish, qirqilish sirtlari bo‘ylab, tekis taqsimlangan deb qabul qilinadi.
(4.3.b) rasmda uchma-uch payvandlangan qismlarning taxtakachlar yordamida mustahkamlangan aralash birikmasi ko‘rsatilgan. Bunday xildagi birikmalarni hisoblashda taxtakachlar va uchma-uch choklarning ko‘ndalang kesim yuzasida kuchlanish bir xil deb qabul qilinadi.


Download 3,12 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg‘ulot – 6. Payvand birikmalar

Download 3,12 Mb.