|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
|
bet | 48/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Ikkinchi gurux bo‘yicha chegaraviy holat hisobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyada yoriq hosil bo‘lishi bo‘yicha yoki ularni ochilishi bo‘yicha hisoblash; konstruksiyani ruxsat etilmagan siljishlardan asrash uchun deformatsiyalar bo‘yicha hisoblash.
Bunda chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash muhimroq hisoblanadi, chunki u konstruksiya hayotini belgilaydi. Shuning uchun chegaraviy holat birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash barcha konstruksiyalar uchun shart.
Qurilish konstruksiyalari hisobiy tizimida chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo‘yicha hisoblash ham muhim hisoblanadi. Bu guruh chegaraviy holatning ikki asosiy yo‘nalishini o‘z ichiga oladi.
1. Qurilish konstruksiyalari yoriqqa chidamliligiga (yopiqbardoshliligi) tekshirish
2. Deformatsiyaga tekshirish.
Yoriq hosil bo‘lishi va ochilishi konstruksiyalarni normal holatda ishlashiga havf tug‘diradi: Bunday sharoitda armatura zanglaydi, elementning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi, natijada ular suyuqlik yoki gazni bosim ostida o‘tkazib yuboradigan bo‘lib qoladi.
Konstruksiyadan foydalanishning maqsadi va shartiga qarab, yoriqbardoshliligi bo‘yicha turli talablar qo‘yiladi, shuning uchun ularni yoriqlar hosil bo‘lishi, yopilishi va ochilishi bo‘yicha hisoblash lozim.
Konstruksiyalarni normal kesimlar bo‘yicha yoriqbardoshlika hisoblashda quyidagi shart bajarilishi kerak
ya’ni me’yoriy kuch ta’siridan hosil bo‘ladigan eng katta me’yoriy zo‘riqish yoki eguvchi moment yoriq paydo qiluvchi zo‘riqish kuchi Ncrc yoki eguvchi moment Mcrc dan katta bo‘lmasligi kerak.
Yoriqlar ochilishiga hisoblashda, elementlarning cho‘ziluvchi armatura sathida paydo bo‘ladigan yoriqlar kengligi - acrc yoriqbardoshlilik toifalariga mos holda belgilangan yoriqlar kengligining cheklangan miqdori – [asrs] dan ortib ketmasligi kerak
bu yerda: [acrs] - yoriqlar kengligining cheklangan miqdori.
Konstruksiyalarni deformatsiyaga hisoblashda ularda tashqi yukdan hosil bo‘ladigan solqilik - f, uning cheklangan miqdori dan ortib ketmasligi ta’minlanishi zarur, ya’ni
Solqilanishning cheklangan miqdori [1] 1.2- jadvalda keltirilgan.
Deformatsiyani cheklash nima uchun kerak degan savol turishi tabiiy.
Deformatsiyani cheklash zarurati quyidagi sabablar tufayli vujudga keldi:
- ko‘zga tashlanadigan egilishlar odam psixikasiga salbiy ta’sir etadigan hollarda;
- konstruksiyalar tebranganda odamlarda hosil bo‘ladigan yomon hissiyot uyg‘otadigan holatlarida;
- texnologik uskunani normal ishlashi uchun sharoitni buzilishi va elementning deformatsiyasi natijasida murakkab konstruksiyani zararlanishi holatlarida va h. k.
Konstruksiyalarni ishlash sharoiti va yo‘nalishini hisobga olib, me’yoriy hujjatlarda deformatsiyaning chegaraviy qiymati belgilanadi va ularni hisoblashda e’tiborga olish zarur deb belgilab qo‘yildi.
Birinchi yoki ikkinchi chegaraviy holatni vujudga kelishi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq:
- tashqi kuchlar va ta’sirlar qiymatiga;
- beton va armaturaning mexaniq xarakteristikasiga (vaqtincha qarshiligi, oqish chegarasi);
- konstruksiyalarning ishlash sharoitiga (tayyorlashdagi sharoiti, zararli muhitda ishlashi va h.k).
Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olish uchun bir qator koeffitsientlar tizimi ishlab chiqildi.
Yuklarning me’yoriy miqdorini o‘zgarishi hisoblashda:
- yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari - ;
- beton va armaturaning mexaniq tavsifini o‘zgaruvchanligi bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari - , ;
- ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari -
- konstruksiyalarni qanday maqsadlarda (bino va inshootlarni xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab) foydalanilishiga qarab, ishonchlilik koeffitsienti - orqali hisobga olinadi.
Yuqorida keltirilgan koeffitsientlar tizimini qo‘llanilishiga sabab, konstruksiyalarga eng noqulay vaziyatlarda yuklar ta’sir etganda ham materiallar mustahkamligi qiymati juda kichik bo‘lganda ham konstruksiyalar murakkab chegaraviy hollatga duch kelganda ham ishonchliligini ta’minlay oladi.
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
1. Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisoblashdan maqsad.
2. Chegaraviy holatlar deganda konstruksiyaning qanday holati tushiniladi.
3. Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisoblash to‘g‘risida ma’lumot bering.
4. Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisoblashda ishlatiladigan koeffitsientlar va ularning vazifalari.
|
| |