-Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch boskichi




Download 3,12 Mb.
bet29/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

11-Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch boskichi.

Reja:

  1. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining birinchi boskichi.

  2. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining ikkinchi boskichi.

  3. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uchinchi boskichi.

Egiluvchi temirbeton elementining tashqi yuk ta’sirida uning kesim yuzasida eguvchi moment qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish - deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro‘y beradi.


1-bosqich. Elementga kam yuk qo‘yilganda beton va armaturada kuchlanish miqdori deyarlik ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun bunda deformatsiya elastik holatda bo‘ladi. Kesim yuzasining siqilgan va cho‘zilgan qismidagi kuchlanish epyurasi uchburchak shaklida bo‘ladi.
Yuk ortishi bilan betonning cho‘zilgan zonasida kuchlanish miqdori cho‘zilishning chegaraviy qiymatiga yetadi. Ammo beton yorilmaydi. Betonning taranglangan pastki yuzalarida plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi, bu qatlamlardagi deformatsiya betonning cho‘zilishdagi mustahkamligiga teng. Betonning kamroq cho‘zilgan yuqoriroq yuzasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligiga teng kuchlanish yuzaga kelguncha davom etadi. Bu jarayon kuchlanishni qayta taqsimlash butun cho‘zilgan zona bo‘ylab bo‘ladi va ularning epyurisi to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin ko‘rinishni oladi, to‘sinning neytral o‘qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu Ia bosqich deb belgilanadi.
Siqilgan zonada beton esa asosan elastik deformatsiya holatida ishlaydi. Negaki cho‘zilgan zonadagi beton siqilganga qaraganda ko‘proq deformatsiyalanadi. 1a-bosqich elementning yorik paydo bo‘lishi - yoriqbardoshligi bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladi.
Bunda yuk ko‘paygan sayin betonning cho‘zilgan zonasi (deformatsiya ko‘rsatkichi oxiriga yetganda) uziladi. Natijada yoriq paydo bo‘ladi va elementning kesim yuzasida yangi holat 2-bosqich boshlanadi.
2-bosqich. Yoriq paydo bo‘lgandan keyin yoriqli kesim yuzasining cho‘zilishidagi kuchlanishini armatura qabul qiladi (ma’lum ma’noda yoriq ustidagi cho‘zilgan beton bilan birgalikda), yoriqlar orasida esa beton bilan bog‘liqlik buzilmaydi va beton armaturaga biroz ko‘proq kuchlanishni berib, cho‘zilishga ishlayveradi. (23.1. rasm)

23.1. rasm Egiluvchi elementning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi:
1- neytral qatlam; 2-yoriqlar; 3-epyuralar; 4-simmetriya o‘qi.

Yukni orttirib borilgan sari armaturadagi kuchlanish ortib boradi, yoriq kengayadi (yoriq yuqoriga qarab ko‘tariladi va uning eni esa kattalashadi), neytral o‘q yuqoriga ko‘tariladi va betonning siqilgan kesim yuzasi kichrayadi. Betonning siqilgan qismida noelastik deformatsiyasi ortadi va bu zonada kuchlanishning epyura chizig‘i qiyshayadi. 2-bosqich oxirida, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanishning miqdori oquvchanlik chegarasiga yetadi va siqilgan zonadagi betonda kuchlanishning miqdori kamayib borishi bilan tugallanadi.


2-bosqich bo‘yicha konstruksiyaning ishlash sharoitida uni egilishga va yoriqni kengayishiga hisoblashda qo‘llaniladi.
Temirbetonni yemirilish bosqichi bo‘ladi. Sinov vaqti bo‘yicha u juda qisqa davr mobaynida bo‘lib o‘tadi. Armaturaning oquvchanligi boshlanishi bilan buzulish boshlanadi natijada egilish ortib boradi va yoriqning ko‘payishi oqibatida beton kesim yuzasining siqilgan qismining balandligi kamayadi. Yoriq ustidagi betonning siqilgan zonasida plastik deformatsiya paydo bo‘ladi. Buzulish siqilgan zonada betonning maydalab sinish bilan boshlanadi. Bunda siqilgan zona epyurasi parabola ko‘rinishiga yaqin bo‘ladi. Cho‘zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to‘sin bikirligi kamayadi va solqilik tez o‘sib borib, to‘sin sinadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, buzilishning xarakteri armatura miqdoriga va turiga bog‘liq. Buning uchun ikki holat bo‘lishi mumkin.
1-holat. Buzulish armatura oquvchanligi bilan boshlanadi va siqilgan zonadagi betonning buzilishi bilan tugaydi. Bunda element kesim yuzasining buzilishi plastik xarakterga ega. Sho‘nday qilib bu holat, o‘z me’yorida armaturalangan elementlarda ro‘y beradi (me’yorda armaturalangan tushunchasi armaturaning mustahkamlik qobiliyati to‘la foydalaniladigan holat tushiniladi). Bunda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi.
2-holat. Elementni buzilishi betonning siqilgan zonasini buzilishi oqibatida ro‘y beradi. Bunda cho‘zilgan zonadagi armaturaning kuchlanishi oquvchanlik chegarasiga yetib bormaydi va uning mustahkamligidan to‘la foydalanilmaydi. Bunday buzilish birdaniga bo‘ladi. 2-holat cho‘ziluvchi armatura soni ortiqcha qo‘yilgan elementlarning buzilishida kuzatiladi. Bunda elementning mustahkamligi cho‘zilgan armaturaning yuzasiga bog‘liq bo‘lmay qoladi, balki beton mustahkamligiga va element kesim yuzasining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Bunda beton siqilgan zona kesim yuzasini chetidan ichkarisi qarab, (Z-bosqich) eng yuqori bo‘lgan kuchlanish epyurasini siljishi kuzatiladi. Bu betonning chetki tolasida plastik deformatsiyani ortib borishi va deformatsiya modulini bir paytda kamayishi bilan bog‘liq.
3-bosqich elementlarni mustahkamlik bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladi.
Shuni aytish joizki, elementning uzunligi bo‘yicha turli momentli kesimlarda bir vaqtning o‘zida kuchlanish – deformatsiyalanish holatining uchchala bosqichini kuzatish mumkin. Buzuvchi zo‘riqish zamirida 3-bosqich yotadi.


Download 3,12 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch boskichi

Download 3,12 Mb.