12-Mavzu: Egiluvchi temirbeton elementlarini loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
Plitalar va ularni loyihalash.
To‘sinlar va ularni loyihalash.
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlarini loyihalash.
Temirbetonli egiluvchi elementlar plita va to‘sin ko‘rinishida qo‘llaniladi. Bular murakkab konstruksiyalar va inshootlarning tarkibiga yoki alohida holda ham uchrashi mumkin: masalan, qovurg‘ali yopmalar (26.1–rasm), inshootlarning karkaslari va b.
Qalinligi hs uzunligi l va eni bs dan ancha kichik bo‘lgan yassi elementlarga – plitalar, uzunligi l ko‘ndalang kesimlari h va b dan bir necha bor katta bo‘lgan chiziqli elementlar esa to‘sinlar deyiladi.
Plitalar va ularni loyihalash. Plitalar yaxlit, tekis va qovurg‘ali bo‘ladi; oraliqlari soniga qarab – bir oraliqli (26.1–pacm, a) va qo‘p oraliqli (26.1–pacm, b); tayyorlash usuliga qarab – yig‘ma, monolit va yig‘ma – monolit bo‘lishi mumkin.
Plitalar o‘zaro tik sterjenlardan tashqil topgan to‘rlar bilan armaturalanadi. Agar ishchi armatura faqat bir yo‘nalishga kerak bo‘lsa, u holda ikkinchi yo‘nalishdagi armatura zo‘riqishlarni taqsimlash va bo‘ylama armaturalarni o‘zaro bog‘lash vazifasini o‘taydi. Bu armatura betonning harorat ta’sirida va kirishishi natijasida vujudga qeladigan deformatsiyani jilovlaydi, tashishda qulaylik tug‘diradigan to‘r hosil qiladi.
Yaxlit plitalarning qalinligi odatda h = 50...100 mm olinadi. Katta oraliqning kichik oraliqqa nisbati l2=l1>3 bo‘lgan to‘sinsimon plitalarda, shuningdek o‘lchamlar nisbatidan qat’inazap, kontur bo‘ylab tayangan plitalarda, birinchi holda ishchi armatura l1 oraliq bo‘ylab, ikkinchi holda – plitaning tayanish chizig‘iga tik ravishda qo‘yiladi. Ikki yo‘nalishda egiladigan plitalarda ishchi armatura har ikkala yo‘nalishda joylashtiriladi.
To‘sinsimon plitalarning ishchi armaturalari uning cho‘ziluvchi sirtiga yaqin joylashtirilishi zarur; bunda, albatta, talab etilgan himoya qatlami qoldiriladi. Erkin tayangan plitalarda armatura to‘ri faqat pastki cho‘zilish zonaciga, ko‘p oraliqli uzluksiz plitalarda eca, eguvchi momentlar epyurasiga muvofiq pavishda, tayanchlar oralig‘ida pastki va tayanch ustida esa ustki cho‘zilish zonasiga joylanadi.
Plitalarning hisobiy uzunliklari: qovurg‘ali monolit plitalarda – ochiq oraliq uzunligiga teng bo‘ladi, erkin tayangan plitalarda – ochiq oraliq uzunligiga plita qalinligini qo‘shib olinadi. Plitalarda ishchi armaturalar diametri 5–12 mm, montaj armaturalarniki esa 4–8 mm olinishi mumkin. Ishchi armaturaning umumiy yuzasi hisob asosida belgilanadi; montaj armaturasining yuzasi konstruktiv ravishda qabul qilinadi; bu yuza eng katta moment hosil bo‘ladigan kesimdagi ishchi armatura yuzasining 10 % idan kam bo‘lmasligi lozim.
Ishchi sterjenlar orasidagi masofa plitaning o‘rta qismida va tayanch ustida, plita qalinligi hp 150 mm bo‘lsa, qo‘pi bilan 200 mm; agar hn> 150 mm bo‘lsa, ko‘pi bilan 1,5 hp olinadi. Sterjenlar oralig‘i qolgan uchastkalarda 350 mm dan ortmasligi kerak. Taqsimlovchi armaturalar oralig‘i ham ko‘pi bilan 350mm olinadi.
26.1–rasm. Plitalarni armaturalash: a – bir oraliqli; b – uzluksiz
armaturalangan ko‘p oraliqli; v – xuddi shunday, uzlukli
armaturalangan; 1 – ishchi sterjenlar; 2– montaj sterjenlari
26.2–rasm. Yig‘ma, yig‘ma–monolit plitalarning ko‘ndalang
kesimlari: 1 – payvandlangan to‘r; 2 – ishchi armatura;
3 – yassi karkaslar; 4 – yig‘ma elementlar; 5 – monolit beton
Plitalarni o‘rama yoki tekis ko‘rinishda tayyorlangan standart payvand simto‘rlar bilan armaturalash maqsadga muvofiqdir. Bunday simto‘rlar diametri 3–5 mm bo‘lgan oddiy armaturabop simlardan yoki diametri 6–10 mm bo‘lgan A – III sinfli davriy profilli po‘latdan ishlanadi. Po‘latni tejash maqsadida ishchi sterjenlarning bir qismi, tayanchgacha yetkazilmay, eguvchi momentlar epyurasiga muvofiq ravishda, oraliqda uzib qo‘yilishi mumkin. Tayanchgacha yetkaziladigan sterjenlarning kesim yuzasi eng katta musbat eguvchi momentga mos bo‘lgan kesimdagi armaturalar kesim yuzasining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
|