• Yakka armaturali to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli elementlar.
  • Mavzular: Egiluvchi elementlar mustaqkamligini normal kesimlar bo‘yicha hisoblash




    Download 3,12 Mb.
    bet33/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    13 Mavzular: Egiluvchi elementlar mustaqkamligini normal kesimlar bo‘yicha hisoblash

    Reja:

    1. Yakka armaturali to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli elementlar.

    2. Egiladigan elementlar ko‘ndalang kesimidagi kuch sxemasi va zo‘riqishlar epyurasi.

    3. Armaturalash foizini belgilash.

    4. To‘g‘ri to‘rtburchakli kesimlarni jadval bo‘yicha hisoblash.

    To‘sinning yuk ko‘tarish qobiliyati nihoyasiga yetgach, u yo normal yoki og‘ma kesim bo‘yicha yemiriladi (27.7 – rasm, b).


    Normal kesim bo‘yicha yemirilish eguvchi moment ta’sirida, og‘ma kesim bo‘yicha esa ko‘ndalang kuch ta’sirida ro‘y beradi. Me’yorida armaturalangan temirbeton elementlarning yemirilishi cho‘ziluvchi armaturadan boshlanadi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, betonning siqilish zonasi balandligi keskin kichrayadi, bu esa betonning yemirilishiga olib keladi. Cho‘ziluvchi armaturalar soni ko‘p bo‘lgan to‘sinlarda yemirilish siqilish zonasidagi betondan boshlanadi, bunda armaturadagi kuchlanish oqish chegarasidan ancha kichik bo‘ladi; bu albatta tejamkorlikka ziddir.
    Temirbeton to‘sinlar buzilishidagi ana shu ikki holga mos ravishda ikki xil hisoblash usuli ishlab chiqilgan:
    a) birinchi usulga ko‘ra hisob normal miqdorda armaturalangan temirbeton elementlarning yemirilishi cho‘ziluvchi armaturadagi kuchlanish hisobiy qarshilikka yetishganda ro‘y beradigan hol uchun bajariladi;
    b) ikkinchi usulga ko‘ra hisob armatura miqdori keragidan ortiqcha bo‘lgan elementlarda yemirilish betonning siqilish zonasidan boshlanadigan hol uchun amalga oshiriladi.
    Yakka armaturali to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli elementlar. Betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi to‘g‘ri to‘rtburchakli qilib olinadi (aslida esa epyura egri chiziqli bo‘ladi). Shunda hisob ancha soddalashadi (27.1–rasm, g).
    Geometrik tavsiflar:
    Ab = bx, (34) va Zb = ho – 0,5x, (27.1)
    bunda: hoishchi balandlik; as – himoya qatlami.
    Siqilish zonasining balandligi X ni aniqlash uchun statikaning muvozanat tenglamasini tuzamiz:
    Rs–Rbbx=0, (27.2)
    bu yerda: Rbbx = RsAs. (27.3)
    Bundan siqilayotgan zonaning balandligi X kelib chiqadi
    X = RsAs/ Rbb. (27.4)
    Element uchun mustahkamlik sharti quyidagi qo‘rinishga ega:
    M  NbZb; (27.5)
    beton bo‘yicha M  Rbbx(ho – 0,5 x); (27.6)
    armatura bo‘yicha M  NsZb. (27.7)
    Ns=RsAs
    Topilgan qiymatlarni 9.7 formulaga qo‘ysak:
    M  RsAs(ho – 0,5 X), (27.8)


    Download 3,12 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzular: Egiluvchi elementlar mustaqkamligini normal kesimlar bo‘yicha hisoblash

    Download 3,12 Mb.