|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
|
bet | 6/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Yuklar jamlamasi
Odatda inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, lekin hamma mavjud yuklarning konstruksiyaga bir vaqtning o‘zida ta’sir etish ehtimoli kam. Shuning uchun konstruksiya va zaminlarni chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo‘yicha hisoblashda yuklar va tegishli zo‘riqishlarning eng nobop jamlamalari (sochetanie) e’tiborga olinishi zarur.
Bu jamlamalar konstruksiya yoki zaminga bir vaqtning o‘zida vaqtinchali yuklar qo‘yilishining turli sxemalari paydo bo‘lishi imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda turli yuklarni har xil variantlarda ta’sir etishini yoki ba’zi yuklarning mavjud emasigini ko‘rib chiqish yo‘li bilan belgilanadi.
Hisobga olinadigan yuklar tarkibiga qarab jamlamalar quyidagi xillarga bo‘linadi:
a) doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan asosiy jamlamalar;
b) doimiy uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda maxsus yuklarning biridan tashqil topgan maxsus jamlamalar.
Ikki xil me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan vaqtinchali yuklarni jamlama tarkibiga kiritishida uning kichik me’yoriy qiymati uzoq muddatli yuk, katta me’yoriy qiymati esa – qisqa muddatli yuk sifatida qaraladi to‘liq me’yoriy qiymatini hisobga olishda. Agar jamlamalar tarkibiga doimiy va kamida ikkita muvaqqat yuk kirsa, vaqtincha yuklarning hisobiy qiymatlari quyidagi jamlama koeffitsientlariga ko‘paytiriladi: asosiy jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun 10,95; qisqa muddatli yuklar uchun 20,9;
Maxsus jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun 10,95; qisqa muddatli yuklar uchun 20,8.
Asosiy jamlama tarkibi doimiy yuk va bitta muvaqqat (uzoq yoki qisqa muddatli) yukdan tashqil topsa, ψ1, ψ2 koeffitsientlariga ko‘paytirilmaydi.
Eslatma: Asosiy jamlamalar tarkibi uchta va undan ortiq qisqa muddatli yuklardan tashqil topgan bo‘lsa, ularning hisobiy qiymatlari jamlama koeffitsienti ψ2 ga ko‘paytiriladi; bunda koeffitsientning qiymati (ahamiyatiga ko‘ra) birinchi qisqa muddatli yuk uchun – 1,0, ikkinchisi uchun – 0,8, qolganlari uchun – 0,6 olinadi.
Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi mavjud variantlarni tahlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Maxsus birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi.
Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortiq bo‘lsa, unda yuklar qiymati 10,95 ga birinchisini va 0,9ga ikkinchisini ko‘paytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95ga, alohida birgalik esa 0,9ga ko‘paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda 20,9 ga 20,8 ga va 20,6 ga ta’sir darajasi bo‘yicha ko‘paytiriladi.
|
| |