• 2-Mavzu: Bino isnhootlar konstruksiyalarini chegaraviy xolatlari bo’yicha xisoblash. Yuklar va tasirlar. Reja
  • 1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja




    Download 3,12 Mb.
    bet3/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik - materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.
    Material sarfi jixatidan eng afzal konstruksiya teng mustahkamlikdagi konstruksiya hisoblanadi. Bunday konstruksiyadagi barcha kesimlar unga ishlatiladigan materiallarning fizik-mexaniq xossalaridan to‘liq foydalanish sharti bilan tanlangan bo‘ladi (teng mustahkamlikka ega bo‘lmagan konstruksiyalarda ba’zi yirik elementlarning mustahkamligidan to‘liq foydalanilmaydi).
    Konstruksiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisoblangan bo‘lishi kerak. Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, xaroratning o‘zgarishi, kirishishlar va boshqa shunga o‘xshash xodisalar konstruksiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi.
    Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida konstruksiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruksiyalarning uzoqqa chidamliligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ko‘zda tutish sovuqbardosh va o‘tga chidamli, korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan ximoya qilishga doir choralar ko‘rish kerak.


    2-Mavzu: Bino isnhootlar konstruksiyalarini chegaraviy xolatlari bo’yicha xisoblash. Yuklar va tasirlar.

    Reja:

    1. Birinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash.

    2. Ikkinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash.

    3. Chegaraviy holatlar usulining mohiyati.

    Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha hisoblanadi.


    Chegara holatlari deganda konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi Qurilish konstruksiyalarni bu uslub bilan hisoblaganda ikki guruxga bo‘lib hisoblanadi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib va ularga: shakl umumiy ustivorligining yo‘qolishi, vaziyat ustivorligining yo‘qolishi, qurilma metallining toliqishi yoki boshqa biror xarakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muhitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi, birikmalardagi siljishlar, darzlarning haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanishning imkoniyati yo‘qligi.
    Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq va ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siljishlar, tebranmalar, darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan biror-tasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi.
    Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quyidagicha yozilishi mumkin: N ≤ S
    N - hisoblanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta’sir etishidan hosil bo‘ladigan kuch,
    S - hisoblanayotgan elementning yuk ko‘tarish qobiliyati.
    Elementdagi hosil bo‘ladigan kuchni quyidagi formula bilan aniqlashimiz mumkin:
    (6.1)
    bu yerda:
    - kuch Fni1 ga teng bo‘lgandagi elementda hosil bo‘ladigan kuch
    fi – yuk bo‘yicha ishonchli koeffitsient
    n – bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti
     - yuklarning birgalikda ta’sir etishini e’tiborga oladigan koeffitsient
    Elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini uning yuzasiga va materialning qarshiligiga qarab aniqlash mumkin:
    S  An  Rup  m  c  An  Ry  c (6.2)
    Bu yerda: An – element ko‘ndalang kesimining( netto) yuzasi;
    Ryn – element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi;
    c – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
    Shunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasini yozamiz:
    (6.3)
    Chegaraviy holatni ikkinchi guruh bo‘yicha hisob ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
    (6.4)
    bu yerda:
    - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo‘ladigan elastik deformatsiya,
    - norma bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyaning chegaraviy deformatsiyasi.
    Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, binolarni qurish va foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlaridan birontasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Bunda material xususiyatlarining noqulay o‘zgarishlari, yuklarning noqulay birga ta’sir etish extimoli, foydalanish sharoitlari va konstruksiyalar ishlashining o‘ziga xos tomonlari hisobga olingan bo‘ladi. Buning uchun hisoblashda quyidagi koeffitsientlar kiritiladi: yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti - , yuklarning birga ta’sir etish extimoli koeffitsienti - , ishlash sharoiti koeffitsienti - c, binolarning vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti - .

    Download 3,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja

    Download 3,12 Mb.