|
Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar
|
bet | 1/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 131 Kb. | | #250505 |
Bog'liq 3-mavzu (1)
SANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIY SILJISHLAR
Struktura siyosati, uning moxiyati va ahamiyati
Struktura siyosati xaqida muloxaza yuritishdan oldin, strukturaning uzi nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
Struktura lotincha, «structura» suzidan olingan bo`lib, narsalar tarkibiy qismlarining uzaro bog`liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi.
Struktura siyosatining moxiyati sohalarning tuzilmaviy jixatlarini belgilab berish, yulga solib turishdan iboratdir.
Mustaqillikning utgan davri uchun va 2010-2020 yillarga muljallangan iqtisodiy siyosatning yunalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisod strukturasida progressiv uzgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki mutanosibliklarini (proporkiyalarini) takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muxdm ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini rejali tarzda takomillashtirish kuz ilgaydigan Istiqbolda:
xalq xujaligi va uning etakchi tarmog`i bo`lgan sanoatni balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;
iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yuliga utkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini ratsionallashtirish, ularni xar tomonlama tejash;
iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yunalishini yanada kuchaytirish, milliy iqtisodning axoli faravonligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan xilma-xil vazifalar tomon yanada chukurrok burilishini ta’minlash lozim.
Bir butun qismlarning muayyan uzaro alokasi, bir -biriga nisbatan joylashuvi bo`lgan strukturaning axvolini proporkiyalar (mutanosibliklar) juda xam anik va konkret tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning moxiyatini chuqur bilib olish va ularni rejalar, bashoratlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istikbollarini sinchkovlik bilan xisobga olish, rejalarni zarur rezervlar bilan mustaxkamlash - ana shularning xammasi prognozlash va loyihalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo`lib, ularga kat’i rioya qilish vazifalarining mutanosibligi, balanslashtirilganligi, realligi, quyilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir.
Uzbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida xalq xujaligi strukturasini takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriklar xamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning xozirgi sharoitlarida iqtisodiy usish iqtisodiyot kulamining usishi bilangina emas, balki iste’molda xam, ishlab chiqarishda xam strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniklanadi.
Strukturani aniklovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy uzgarishlarni sifat jaxatdan baxolaishi aniklaishing prinkipial xususiyati iqtisodiyotning usish sur’ati kursatkichlarining degragrakiya yuz berishi muammosini xal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning uzi bir necha tarmoqlarning turli usish sur’atlarida ifodalanishi mumkin. Bu bir xil bulmagan iqtisodiy va ijtimoiy okibatlarga olib keladi. Bu muammo okibatda u yoki bu sohaga ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan -texnika taraqqiyotida tulik aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg`i -energetika, elektronika, mashinasozlik, kimyo. SHuning uchun bu tarmoqlar usish sur’atlari buyicha sanoat usishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq strukturasida xam jiddiy uzgarishlar yuz berishi zarur. Kimyoda biotexnologiya va nanotexnologiya kullab, nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur.
Strukturaviy uzgarishlarning yunalishi, ularning jadalligi va kulamini aniqlash muhim ish. Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil yoki iqtisodiyotdagi struktura yunalishlari uzgarishi uxshash bo`lgan mamlakatlar guruhi buyicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash - bu, barcha analitik materiallar istikbolni prognozlashtirish - belgilaishing muhim zamini xisoblanadi.
SHu bilan birga, struktura yunalishlari uzaro muvofiklashtirilishi kerak, chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni rivojlantirish uygunlashtirilishi zarur.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning birinchi chakirik Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida kilgan ma’ruzasi va keyingi chikishlarida mamlakatimizning yangi — XXI asr boshlaridagi asosiy vazifalari anik belgilab berilgan. Ularda tabiiyki, yangi asrga kadam kuygan mamlakatimizning «iqtisodiyotni islox etish va jamiyatni uzgartirish borasidagi ishlar natijasini xolis baxolash» bilan birgalikda «ustuvor yunalishlar va bundan keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish» masalalariga aloxida e’tibor qaratilgan.
YAngi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash, barcha sohadagi isloxotlarni yanada chukurlashtirish borasidagi faoliyat 6 ta ustuvor yunalishdan iborat. Birinchi ustuvor yunalish — axolini yanada kuchli ijtimoiy ximoya qilish, ikkinchi ustuvor yunalish — mamlakat siyosiy va iqtisodiy xayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada jadallashtirish, uchinchi ustuvor yunalish — jamiyat ma’naviyatini yanada yuqsaltirish, turtinchi ustuvor yunalish — kadrlar tayyorlash, beshinchi ustuvor yunalish — iqtisodiyotda tarkibiy uzgarishlarni ta’minlash, oltinchi ustuvor yunalish — jamiyatdagi barqaror lik, tinchlik, millatlar va fukarolararo totuvlikni, sarxadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz xududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat.
Ana shu ustuvor yunalishlardan biri iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda xam tarkibiy uzgarishlarni amalga oshirish bo`lib, sanoat boshqaruvi tuzilmasini yaxshilashdan tortib korxonalarni yangilash va texnik jixatdan qayta jixozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xomashyo saloxiyatidan tula, samarali foydalanishga, eksportga moslangan va import o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga karatilmogi darkor.
Iqtisodiyotni tarkibiy uzgartirish jarayonida, Ayniqsa, investitsiya dasto`rini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatda mu’jizaviy ishlar qilinmokda. Uzbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatga kiritilgan sarmoyalarning hajmi 10 mlrd. AKSH dollaridan oshib ketdi. Xorijiy sarmoyalarning aksariyat qismi (90-95%) xalq xujaligining real ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, 75-80 foizi sanoatga kiritilmokda. Ana shu investitsiyalar asosida yangidan - yangi korxonalarning barcha viloyatlarda kurilayotganligi nafaqat xududlarning sanoat tizimini, balki ularning kiyofasini xam tubdan uzgartirib yubormoqda.
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy uzgarishlarni ta’minlash natijasida davlatning kudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini mustaxkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yuqori darajaga kutarish mumkin.
Ijtimoiy mehnat taksimoti va sanoat tarmoFining shakllanishi
Ijtimoiy mehnat taksimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining usishi va fan-texnika taraqqiyota natijasidir. Ishlab chiqarish kulamining kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning Konkentratsiyalashuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Ijtimoiy mehnat taksimotining moxiyati va ahamiyati tugrisida suz borganda, shuni aytish kerakki, u tufayli xujalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari kupayadi, bu rivojlanish tendenkiyasi xar bir ayrim mahsulotni chikar ishnigina. emas, xatto mahsulotning xar bir ayrim qismini ishlab chiqarishni xam va faqat mahsulot ishlab chiqarishgina emas, xatgo mahsulotni iste’mol qilishga. tayyorlashdagi ayrim ishlarni xam sanoatning aloxida tarmog`iga aylantirishdan iborat.
Ijtimoiy mehnat taksimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ruy beradi. Xalq xujaligining yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xujaligi, qurilish , transport va alokaning vujudga kelishi umumiy mehnat taksimotining maxsulidir. Bu tarmoqlarning xar birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chikishi xususiy mehnat taksimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taksimota esa, ishlab chiqarishni korxona ichida — kexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan bog`liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning maxsulini 2-chizmadan kurish mumkin.
Xususiy va ayrim xollarda birlamchi mehnat taksimotining ta’siri bilan Uzbekiston sanoatida xam tarmoqlar va ishlab chiqarishlar soni uzluksiz kupayib bormoqda. 2008 yilning oxiriga kelib respublikada sanoatning 175 ta tarmog`i va ishlab chiqarish sohalari faoliyat kursatmoqda.
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin) yaratilgandagina aloxida sanoat tarmog`iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng avvalo, bir necha turdosh korxonalar bo`lishi lozim. Ular anik mustaqil sanoat tarmog`iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo`lishi kerak.
Sanoat tarmog`i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yigindisidir. Tarmoq xosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo`lishlari kerak:
ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;
ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning uxshashligi;
ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;
ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;
ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga uxshashliga va xakozolar.
INCLUDEPICTURE "../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image1.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image1.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image1.png" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "../../../../ттттт/kril%20lotin/media/image1.png" \* MERGEFORMAT
Sanoat ishlab chiqarishni ilmiy jixatdan asoslangan ravishda taxlil etish va rejalashtirish, uning samaradorligini aniqlash va boshqarish uchun tarmoqlarni tasniflash, ya’ni ma’lum guruhlarga ajratish lozim.
Sanoat tarmoqdarini guruhlashda asosiy e’tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy mazmuniga karatiladi. Mahsulotning iqtisodiy jixatdan bir maqsadga javob berishi belgisiga qarab, sanoat ikki yirik
guruhga bulinadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi («A» guruh), iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi («B» guruh).
Ma’lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida xam ishlab chiqarish vositalari, xam iste’mol buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo`lgan mahsulotlar tayyorlanadi. SHu sababli rejalashtirish va xisob-kitob yuritishda ba’zi sanoat tarmoqlari «A» yoki «B» guruhga kiritilishi mumkin.
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir kursatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqdarga bulinadi. Sanoatning bunday ikki qismga bulinishi ishlab chiqarish alokalarini kursatishga, material va yoqilg`i -energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning funkkional vazifasiga binoan xam tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda aloxida guruhlar, bir qator tarmoqlar, masalan, yoqilg`i ishlab chiqaruvchi — yoqilg`i sanoati, Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi — Oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.
Xozirgi paytda barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqka birlashtirilgan (... -jadval).
...-jadval
|
| |