|
Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar
|
bet | 4/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 131 Kb. | | #250505 |
Bog'liq 3-mavzu (1)^iskacha xulosalar
Sanoat juda kup tarmoqlardan iborat bo`lib, ularning xar biri korxonalar yigindisidan tashkil topadi. Tarmoq xosil bo`lishi uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega buladilar.
Sanoat tarmoqlari o`rtasidagi ishlab chiqarishning uzaro alokadorligi va ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari tarmoq strukturasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ruy beradigan texnika va texnologiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan bog`liq ravishda uzgaradi.
Turli sanoat tarmoqlari o`rtasidagi ishlab chiqarish alokalari uzaro mahsulot almashish, tajribalarni o`rganish bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish tarkkiyotining istiqbolini aniqlash, xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, uning axvolini taxlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligidir.
Sanoat tarmoq tuzilmasining uzgarishiga bir qator omillar ta’sir kursatadi: fan-texnika tarkkiyoti; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari — Konkentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kombinatlashtirish xamda xududiy joylashtirish.
Respublika iqtisodiyotida va uning etakchi tarmog`i bo`lgan sanoat sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy siljishlar yaqin kelajakda milliy iqtisodiyot saloxiyatini yanada yuqori darajaga kutarish va sanoatning eksport ustunligini ta’minlash uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.
|
| |