|
Manba: Statistik tuplamlar. 1990-2008 yillar
|
bet | 3/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 131 Kb. | | #250505 |
Bog'liq 3-mavzu (1)Manba: Statistik tuplamlar. 1990-2008 yillar.
Uzbekiston sanoatining 2001-2007 yillardagi tarmoq tuzilmasining iqtisodiy taxlili xozirgi sharoitda Uzbekiston sanoat ishlab chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni ta’minlaydigan tarmoqlar
rivojining yuqori sur’atlar va keng kulami takazo kilgan progressiv uzgarishlar ruy berayotganidan dalolat beradi.
3.4. Tarmoq tuzilmasi uzgarishining asosiy tendenkiyasi
Uzbekiston sanoatining xozirgi taraqqiyoti katta dinamikligi bilan ajralib turadi, chunki u mustaqillik yillarida va XXI asr boshlarida yuqori sur’atlar bilan rivojlana bordi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishi yuqori darajada usishi bilan bir qatorda, uning tuzilmasida xam uzluksiz tarkibiy uzgarishlar ruy berdi. Oxirgi 17 yil mobaynida sanoat tuzilmasi ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning samaradorligini oshirish talablari va xalq xujaligini modernizatsiyalash va islox qilish zaruriyatiga mos ravishda uzgarib bordi. Sanoat ishlab chiqarishining progressivlik, ya’ni tarakkiyparvarlik darajasi anchagina usdi. Bunday rivoj fan -texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlar - yoqilg`i , rangli metallurgiya, mashinasozlik, elektrenergetika sanoatining ustuvor usishida namoyon buldi. Buni ...-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan kurish mumkin.
Yuqorida keltirilgan tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 1991 yilda umumsanoat mahsulotining 27,8 foizini tashkil etgan bulsa, 2007 yilda bu kursatkich 58,2 foizga etdi.
Sanoat tuzilmasining ilgorlik darajasi xar kaysi kompleks tarmoq ichidagi uzgarish bilan belgilanadi. Sanoatning u yoki bu tarmog`i ulushi uzgarmasligi, xatto kamayishi xam mumkin, Lekin bu tarmoq ichidagi koloklikdan darak bermaydi. Buni Uzbekiston kimyo va neftkimyo sanoati misolida kurish mumkin. Masalan, bu tarmoqda 2000 yilda yalpi sanoat mahsulotining 55 foizi ishlab chiqarilgan bulsa, 2007 yilga kelib bu kursatkich 42 foizni tashkil etdi, ya’ni qariyb 13 foizga kamaygan.
Tarmoqlarning fan-texnika taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan ustuvor rivojlanish tendenkiyasi 2005-2010 yillarda xam kuzga tashlanadi. Bu davr rivojlanish dasturida sanoat ishlab chiqarishining tuzilmasini takomillashtirish, undiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarning rivojida balanslikni ta’minlash milliy iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlaishi kuchaytirish kuzda tutilgan.
Sanoatning uzoq istikbolga muljaddangan rivojini aniqlash turli iqtisodiy mutanosibliklarni belgilash va ularga e’tibor berishini talab qiladi. Bunday mutanosibliklar tarmoq tuzilmasini bashoratlashda inobatga olinadi.
Sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini rejalashtirish va bashoratlash kuyidagn asosiy masalalarni xal qilishga karatilishi kerak:
-bozor iqtisodiyoti talablari, xalq xujaligi va axolining ayrim mahsulot turlariga bo`lgan talabini qondirishni xisobga olgan xolda umuman sanoat va uning xar kaysi tarmog`ining rivojlanish sur’atini belgilaishi;
-ilgor ishlab chiqarish tarmoqlarini aniqlash, ular taraqqiyotini tezlashtirish uchun zarur bo`lgan kapital kuyilmalari va materiallarni birinchi navbatda ajratishni;
-sanoat tuzilmasida ustuvor uzgarishlarni kuzda tutish lozimki, xar kaysi bunday uzgarishlardan xam biri ijtimoiy ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligini ta’minlasin;
xalq xujaligining umumiy mutanosibligi xar kaysi sanoat tarmog`i taraqqiyotining tengligi bilan boglaishi talab etadi.
Tarmoq tarkibining mamlakat miqyosida qulaylashuvi yuqori sur’atda iqtisodiy rivojlanishni, axolining turmush darajasini oshirishni xamda mahsulot ishlab chiqarish xara-jatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. CHunki bu, ishlab chiqarishning darajasi va yakuniy — provard mahsulotning ku- payishiga, umuman ijobiy strukturaviy siljishlarga sabab buladi. Demak, tarkibiy uzgarishning uzi ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligi usishining qushimcha omili sifatida maydonga chikadi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini ttttyumillashtirishning asosiy yullari quyidagilardir:
•ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar orasida mutanosiblikni o`rnatish ;
•ishlab chiqarish tuzilmasining bashorat va yunalishlarini ishlab chikish; •tarmoqlarning tashki iqtisodiy faoliyatini barkororlashtirish; •ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ilgor texnologiyalarni joriy etish;
•shaxsiy va ijtimoiy iste’molni o`rganish xamda axolini yuqori sifatli sanoat mahsulotlari bilan tula ta’minlash;
•tarmoqlarda xomashyo va resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirib borish;
•iqtisodiy rayonlar sanoatini zaruriy (mehnat, moddiy va moliyaviy) resurslar bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanishni tugri yulga quyish .
Ayni vaqtda tarmoqlarning ichki tuzilmasini qayta kurish, mahsulot ishlab chiqarish va axolining turmush darajasini oshirish, chet el korxonalari bilan iqtisodiy xamkorlik qilishni kuchaytirish, chet el investitsiyalari xamda ilgor texnologiyalarini sifatli sanoat mollari tayyorlashga yunaltirish vazifalarini xal etish kerak buladi.
Respublika iqtisodiyotida va uning etakchi tarmog`i bo`lgan sanoat sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy siljishlar yaqin kalajakda quyidagilarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi:
mamlakat axolisining Oziq-ovqat mahsulotlari, ommabop talabga ega bo`lgan tovarlar va boshqa xayotiy zarur vositalarga bo`lgan extiyojlarini qondirishni tularok ta’minlash;
fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning ilgarilib boradigan rivojini ta’minlaydigan texnologiyalarni joriy etish;
respublikaning uzida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kupaytirish va shu asosda tovarlar importini kiskartirish;
agrosanoat majmui samaradorligini oshirish va uni qishloq xujaligi xomashyosini yanada chukurrok qayta itttlashga. utkazish xamda tayyor mahsulotning sifati va tovar ko`rinishini oshirish;
kichik biznes korxonalari (firmalar va tadbirkorlik, dexkon, fermer xujaliklari, kasanachilik tipidagi ishlab chiqarish tuzilmalari)ni rivojlantirish asosida yangi ishchi o`rinlarini xamda yangi sohalarni yaratish;
va nixoyat, respublikada u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli sharoit va mineral-xomashyo resurslari mavjudligini xisobga olgan xolda sanoatning eksport saloxiyatini oshirish va eksport ustunligiga erishish uchun sharoitlar yaratadi.
|
| |