• 4-Mavzu: Po‘latning statik yuk ostida ishlashi. Po‘latning me’oriy va xisobiy qarshiliklari Reja
  • Loyihalashtirishning tashqiliy shakli




    Download 3,12 Mb.
    bet9/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Loyihalashtirishning tashqiliy shakli
    Loyihalashtirish bir yoki ikki bosqichda bajariladi.
    Bir bosqichda – ishchi loyiha qayta ishlatiladigan loyiha asosida quriladigan va texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan binolarni qurishda qo‘llaniladi.
    Ikki bosqichda – loyiha va ish hujjatlari bajariladi. Loyihalash bosqichida binoning me’morchiligi (arxitekturasi) qisqa tasvirlab beriladi va qurilish zarurligi asoslanadi. Inshootlarning konstruktiv shakllari aniqlanadi va kerakli elementlar tanlab olinadi. Agarda shu bino qurilishida metall konstruksiyalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa unda tarx va qirqimlarda asosiy ko‘tarib turadigan elementlarning sxemasi keltiriladi va shu konstruksiyani ishlab chiqarish, qurilish maydoniga transport orqali olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ish hujjatlariga metall konstruksiyalar ish chizmalari (KM) va murakkab tugunlarning va detallarning chizmalari kiradi (KMD).
    KMning ishchi loyihasiga quyidagi materiallar kirishi kerak: tushuntirish xati, bino sinchiga ta’sir etayotgan yuklar jami, bino tarxi, konstruksiya joylanishi, elementlar hisobi, biriktirilgan joyi va metallning kesimi bo‘yicha to‘liq tafsilotli ro‘yhati.

    4-Mavzu: Po‘latning statik yuk ostida ishlashi. Po‘latning me’oriy va xisobiy qarshiliklari
    Reja:

    1. Po‘latning mustahkamligini oshirish usullari.

    2. Po‘latning statik yuk ostida ishlashi, cho‘zilish diagrammasi.

    3. Po‘latning me’oriy va xisobiy qarshiliklari.

    Po‘lat asosan ferrit va perlit zarrachalaridan iboratdir(perlit zarrachalari mustahkamroq). Asosan ikki xil zarrachalardan iborat bo‘lgan po‘latning mustahkamligi, elastikligi va ishlash qobiliyati ularning nisbatlariga bog‘liq. Nazariy va tajriba izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, monokristall temirning bir qismini uzishdan ko‘ra siljitish osonroq. Shuning uchun elastik deformatsiyalari temirning zarrachalarida siljish orqali barpo bo‘ladi. Tajriba tekshirishlar asosida shunday xulosa chiqadiki, siljish tekisliklar uzra katta diagonal yo‘nalishda bo‘ladi. Atomlararo bog‘lanish kuchini bilib, taxminan nazariy hisoblab chiqish mumkin. Bir tekislikda yotgan atom kristallarining boshqa tekislikda yotadigan atom kristallarini siljitish uchun ketadigan kuch nazariy hisobga nisbatan tajribada siljitishga ketadigan kuch yuz marta kamroqdir. Nazariya bilan amaliyotning farqini shunday tushuntirish mumkin: atom strukturasidagi bog‘lanishlar mukammal darajasida bo‘lmaganligi va nuqsonlar borligi sababli.


    Materiallar mustahkamligini oshirish uchun ikki xil yo‘nalish bor:

    1. Kristall strukturadagi nuqsonlarni kamaytirish, ularni mukammal strukturasiga yaqinlashtirish;

    2. Atomlar oro bog‘lanishini yaxshilash uning kristall panjarasini o‘zgartirish orqali maqsadga erishish mumkin.

    Po‘latlarning tuzilishidagi kuchlanishlar diagrammasi 4.1-rasmda tasvirlangan. Masalan, uglerodli po‘lat St3 ning cho‘zilish diagrammasini tahlil qilib chiqaylik.
    Diagrammadan ko‘rinadiki, kuchlanish ma’lum miqdorga yetguncha kuchlanish «» bilan nisbiy cho‘zilish «» o‘rtasidagi munosabat to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi, ya’ni ular bir-biriga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi: Ye. Kuchlanish ma’lum miqdorga «p» yetgandan so‘ng mutanosiblik buziladi. Birinchi bosqichda kuchlanishga mutanosib elastik deformatsiyalar sodir bo‘ladi, shu sababli bu bosqich po‘latning elastik ishlash bosqichi deyiladi. «oq» - oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu nuqtaga yetish oldida egri chiziqning holati keskin o‘zgaradi va keyin abssissa o‘qiga deyarli parallel bo‘ladi. Bu bosqichda yuk ta’sirida deformatsiyaning elastik qismi qaytib, boshqa qismi saqlanib qoladi. U qoldiq deformatsiya deyiladi.
    Oqish chegarasidan keyin materialning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati kuchaya boshlaydi, ya’ni material mustahkamlanadi. Bu mustahkamligi va bikirligi yuqoriroq bo‘lgan perlit zarrachalarining ishga tushganligidan dalolat beradi. Po‘latning bu ish bosqichi o‘z-o‘zidan mustahkamlanish bosqichi deyiladi.
    Y
    ukning miqdori ortishi bilan kuchlanish muvaqqat qarshilikka «v» yaqinlashgan sari materialning eng zaif joyida cho‘zilish deformatsiyalari kuchayib, «bo‘yin» hosil qiladi. Kuchlanish qiymati muvaqqat qarshilikka tenglashgandan so‘ng (mustahkamlik chegarasi) «bo‘yin» ingichkalashib boraveradi va namuna tezda uziladi.
    Rasm 4.1 Po‘latning cho‘zilishdagi diagrammasi

    1.Kam uglerodli po‘lat. 2.Legirlangan po‘lat. 3.Mustahkamligi oshirilgan po‘lat.


    Ye21000 kNsm2 – elastiklik (qayishqoqlik) moduli,
    Rupoq – po‘latning oquvchanlik bo‘yicha me’oriy qarshiligi,
    Ripv – po‘latning vaqtinchalik qarshiligi
    RuRupm –po‘latning oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi,
    m – materialning ishonchlilik koeffitsienti (kuchlanish ta’sirida po‘latning mexaniq xususiyatlari o‘zgaruvchanligini hisobga oladi):
    m1,025 . . . 1,15 bo‘ladi.
    RuRunm – po‘latning vaqtinchalik qarshiligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi.

    Po‘lat prokat va quvurlar materiali bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari.


    4.1-jadval.

    Nazorat usulini belgilovchi standart (po‘lat markasi, oquvchanlik chegarasi qiymati)

    γm

    GOST 27772, GOST 535, GOST 10705, GOST 10706, GOST 19281 [oquvchanlik chegarasi 380MPa gacha (39 kgs/mm2)], TU 14-227-237, TU 14-1-4431,TU 14-3-1128, TU 14-104-133

    1,05

    GOST 19281[oquvchanlik chegarasi 380MPa dan yuqori (39 kgs/mm2)], GOST 8731, TU 14-3-567

    1,10









    Download 3,12 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihalashtirishning tashqiliy shakli

    Download 3,12 Mb.