Reja: O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash legallashtiriladi




Download 0,62 Mb.
bet14/111
Sana22.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#250627
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.org

Reja:

    1. O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash legallashtiriladi.

    2. Odamlar va kompaniyalarga yangi maqom nima beradi?

1 sentyabrdan O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlarga mehnat guvohnomasi berila boshlaydi. Xalqaro buxgalter Yuliya Pakidisheva yangi maqom o‘zini ish bilan band etganlar va ular bilan ishlayotgan kompaniyalarga qanday imtiyozlar berishini sharhlaydi.


Foto: Eldos Fazilbekov / Spot


Spot avval yozganidek, 1 sentyabrdan O‘zbekistonda o‘zini ish bilan band etganlarga mehnat guvohnomasi beriladi. Bunday hujjatlar egalari pensiyani hisoblash uchun ish stajini hisobga olish huquqiga va imtiyozga ega bo‘ladilar.
Xalqaro buxgalter Yuliya Pakidisheva yangi maqom o‘z bandligini ta’minlaganlar va ular bilan ishlaydigan kompaniyalarga qanday afzalliklar berishi, daromadlarni legallashtirishning bu usuli qaysi sohalar uchun ko‘proq dolzarbligi va qonunchilikning qanday nozik tomonlariga e’tibor qaratish lozimligini tushuntiradi.

Yuliya Pakidisheva
ProfiTraining biznes-murabbiyi, sertifikatli xalqaro buxgalter-amaliyotchi (CAP), 20 yildan ziyod ish tajribasiga ega bo‘lgan bosh buxgalter.
1 sentyabrdan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar faoliyatining yangi toifasi paydo bo‘ladi — o‘zini ish bilan band qilish. Bu hozirgi paytda panadagi iqtisodiyotda ish va xizmatlar bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun butunlay yangi maqom — ulardan soliq olinmaydi.
Endi davlat ularga panadan chiqish, o‘zini ish bilan band etgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish va yangi maqomni qo‘lga kiritishi bilan imtiyoz va preferensiyalar olish uchun imkoniyat beradi.
O‘zini ish bilan band etgan:
  • jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lamaydi (JShDS);


  • xodimlarni yollay olmaydi;


  • O‘z faoliyati bo‘yicha hujjatlar yuritmaydi;


  • daromadlar bo‘yicha hisobot bermaydi, soliq deklaratsiyasi to‘ldirmaydi (to‘ldirganda ham ixtiyoriy asosda);


  • banklarda o‘z hisob raqamini ochishga majbur emas.


Kompaniyalar o‘zini ish bilan band qilganlar bilan shartnoma tuzganda, ular uchun yagona ijtimoiy to‘lov (YIT) to‘lamaydi.


O‘zini ish bilan band qilganlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan haq to‘lanadigan mehnat munosabatlariga kirishib va noqonuniy zonadan chiqib, ularga xizmat ko‘rsatishi yoki ular uchun ish bajarishi mumkin.
O‘zini ish bilan band qilganlarni legallashtirish — bu O‘zbekiston uchun qonunchilikdagi juda muhim qaror, bunaqasi bizda hali bo‘lmagan edi.
Bunday qarordan maqsad — ro‘yxatga olish yig‘imlari orqali g‘aznani to‘ldirish emas, balki o‘zini ish bilan band qilganlarning manfaatlari uchun ularni panadan chiqarish va legallashtirishdan iborat.
Shunday qilib, bir boshdan qonunchilikning nozik tomonlarini tahlil qilib ko‘ramiz.

Download 0,62 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash legallashtiriladi

Download 0,62 Mb.