-mavzu: Kishi tomonidan tanlangan ish faoliyatining yashash joyi manfaatlariga ta'siri Reja




Download 0,62 Mb.
bet11/111
Sana22.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#250627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.org

7-mavzu: Kishi tomonidan tanlangan ish faoliyatining yashash joyi manfaatlariga ta'siri
Reja:


  1. Mehnat resurslari tushunchasi


  2. Mehnat resurslarini shakllantirish


  3. Aholining demografik jihatdan kengaytirilgan shakllanishi.


Mehnat resurslari tushunchasi
Mehnat resurslari tushunchasi barcha ishlayotganlarni, shuningdek, ishlashni xohlaydigan, ish qidirayotgan, ammo turli sabablarga ko‘ra ayni paytda mehnat faoliyati bilan shug‘ullana olmayotgan fuqarolarni ifodalaydi. Mehnat faoliyati uchun zarur resurslami o‘rganish mehnat bozorini baholash hamda mehnat resurslarini shakllantirish va ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan tegishli demografik siyosatni olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Insonga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun resurs sifatida qarashlar mehnat munosabatlaridagi tub o‘zgarishlar natijasida tadrijiy rivojlanib kelgan. XX asrning boshlarida odamlarga mehnat jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarish tomonidan foydalaniladigan o‘ziga xos resurs sifatida munosabatda bo‘lingan. Shuning uchun ularning mehnat qilishga qodirligi «ish kuchi» atamasini olgan. Ish kuchi (ingl. Labor power) mehnat iqtisodiyoti nazariyasida insonning mehnat faoliyatiga qodirligi, ushbu mehnat faoliyatida u tomonidan ishlatiladigan jismoniy v am a’naviy salohiyatiningjamlanmasi sifatida talqin qilinadi. Ish kuchi mehnat jarayonidan va mehnat qurollaridan ayricha tasaw ur etilmaydi, ya’ni ular mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar guruhi tarzida ko'riladi. Ish kuchiga metodologik yondashuvlarda o ‘zlarini mustaqil ish bilan ta’minlaydiganlarni (masalan, xususiy tadbirkorlar, fermerlar, erkinijodkorlarni) ham qo‘shish-qo‘shmaslik muammosi paydo bo‘lgan. Aksariyat holatlarda ushbu iqtisodiy toifa «iqtisodiy faol aholi» ko‘rsatkichi orqali belgilangan (5.1-jadval). Ish kuchining miqdor ko‘rsatkichlari (mehnatga layoqatli aholi soni) ortishi bilan bir yo‘la unga sifat xususiyatlari (ma’lumotining darajasi, malakasi, ish tajribasi, mahorati va hokazolar) ham qo‘shila boshlangan. Shuning uchun Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) muomalaga mehnat resurslari atamasini kiritgan. Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o‘smirlar) mehnat qilayotgan shaxslar jamlanmasidir

Download 0,62 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Kishi tomonidan tanlangan ish faoliyatining yashash joyi manfaatlariga ta'siri Reja

Download 0,62 Mb.