|
1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari
|
bet | 25/58 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 279,18 Kb. | | #152926 |
Bog'liq 1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fEksperiment(tajriba-sinov)–bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkili qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va sxematik ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi. Pedagogik ekspriment o`qitish va tarbiyalashning u yoki bu metodi, usulining, ko`rsatma - qo`llanmalarning samaradorligini tadqiq qilishda qo`llaniladi.
Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo`lgan masalalarni aniq ifodalab olishi bunday masalalarning hal qilishi maktab amaliyoti va pedagogika fani uchun ahamiyatli bo`lishi kerak. Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi o`rganish predmeti bo`lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda gipotezaning tuzilishi katta rol o`ynaydi. Butun eksprimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo`naltiriladi. U material to`plash yo`llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotning faktik materialda chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Ekspriment natijalarini analiz qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Buning uchun 2 yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o`quvchilar tarkibi, tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatgichlar bo`yicha imkoni boricha bir xil bo`lishi kerak. Bir xil eksperimental (E) sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan material bo`yicha ish bajariladi.
Taqqoslash uchun nazorat sinflar tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar tarkibi, bilim darajalari bo`yicha taxminan (E) sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda matematika (E) sinflar bilan bir xil o`qitiladi, faqat eksprimental sinflarda qo`llaniladigan metodlar, vositalar va h.k qo`llanilmaydi.
Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari va hujjatlarni o`rganishdan iborat. O`quvchilarning ishlari ularning dasturning ayrim bo`limlari bo`yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma’lum davrida o`sish va rivojlanishni kuzatish imkonini beradi. Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda o`tkaziladi, natijada o`quvchilarning qanday darajada siljiyotgani ko`rinadi.
O`quvchilarning yozma ishlarda yo`l qo`ygan xatolarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinf o`quvchilarining duch keladigan tipik qiyinchiliklarini shuningdek, o`quvchilarning matematikani o`zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O`quv hujjatlari (O`quv rejasi dasturi, metodik ish hujjatlari, hisobotlar….) o`quv – tarbiyaviy ishlarining rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
O`quvchilarning daftarlarini o`rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida daftarlarni tahlil qilish o`quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga va o`qituvchi ishi tizimiga yordam beradi.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba’zi faktlarni to`plash talab qilingan hollarda
a n k e t a l a sh t i r i sh metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og`zaki olinadigan bo`lsa, u holda bu javoblar protokolga to`la yoziladi. Ko`pchilik bir savolga javob berganda va har bir kishi mustaqil javob bersa yozma anketalash qimmatli bo`ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi 2 talabga amal qilish zarur:
1) anketada savollar kam bo`lishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari
|