|
Matematik konkurslar va olimpiadalar
|
bet | 56/58 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 279,18 Kb. | | #152926 |
Bog'liq 1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fMatematik konkurslar va olimpiadalar
Matematik konkurslar - har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar hisoblanadi. Masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi bor o‘quvchilar ishtirok qiladi. Konkurslar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Matematik olimpiadalar
Olimpiadalar konkursga qaraganda keng mashtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan tanlovdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3-sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.
Matematik gazeta va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, rebus, miyani chalg‘ituvchi materiallar chiqarib boriladi. Gazetalar chiroyli bezalgan misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish harakterida bo‘ladi.
Viktorinada esa o‘quvchilarga yechishni tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Uning javoblari belgilangan vaqtda o‘quvchiga yetkaziladi.
Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkurs mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
1.Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash,
2.Mantiqiy masala va mashqlar,
3.Topqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4.Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalalar,
5.Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid misollar.
Amaliy mashg‘ulotlar;
"Chanog‘voy", "Kim olg‘ir?", "A’lochi", "Topag‘on", "Bilasizmi?" va hokazo.
Matematik viktorinalar gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda bo‘lib ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga e’lon qilib qo‘yiladi. Bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar. "Bilasizmi?" mavzusida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km.
Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln. tonnagacha kumush bor.
Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalarini aktivliklari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
|
| |