• 2-Chizma. Boshqaruv va moliyaviy hisobot o’rtasidagi bog’liqlik.
  • -chizma. Boshqaruv va moliyaviy hisob o’rtasidagi bog’liqligi va nisbati




    Download 143,5 Kb.
    bet10/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi143,5 Kb.
    #137494
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-мавзу Бошкарув хисоби Лотин

    1-chizma. Boshqaruv va moliyaviy hisob o’rtasidagi bog’liqligi va nisbati.
    Uning fikricha, S – sohasi – faqat tashqi foydalanuvchilar manfaatlari uchun olib boriladigan hisobni o’zida namoyon etadi. B –sohasi – boshqaruv hisobining ichki va tashqi foydalanuvchilar manfaatlarini ko’zlab olib boriladigan qismidir, A – sohasi esa – ma’muriyat talabi asosida shakllantiriladigan boshqaruv hisobi.
    Taqdim etilgan chizma shuni ko’rsatadiki, hisob siyosati boshqaruv va moliyaviy hisoblar o’rtasida bog’lovchi halqa hisoblanib, u korxonaning ichki va tashqi foydalanuvchilari manfaatlari yo’lida tashkil etiladi.
    Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, tezkor, statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bo’linadi: moliyaviy va ishlab chiqarish; korxona xarajatlari va daromadlari ularning obyekti (manbai) hisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobining tahliliy (analitik) axboroti mutlaqo ichki boshqaruv uchun foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon etmaydigan axborot to’planadi, shu munosabat bilan uni yangi tashqi foydalanuvchilarga taqdim etadilar. Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi, balki boshqaruvning boshqa funksiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi. Boshqaruv va moliyaviy hisob o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini quyidagi ko’rinishda taqdim etish mumkin.

    Корхонани бошқариш


    функциялари

    Бухгалтерия ҳисоби

    Бошқарув ҳисоби

    Молиявий ҳисоб

    Ишлаб чиқариш ҳисоби

    Корхоналар бошқариш функцияларига кирмаган функциялар








    2-Chizma. Boshqaruv va moliyaviy hisobot o’rtasidagi bog’liqlik.

    Boshqaruv hisobi imkoniyatini ochish uchun boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni kuzatish zarur.


    Boshqaruv hisobi taktikasi quyidagilaridan iborat: tashkil etish, hisob, nazorat, dalillash, avval qabul qilingan qarorlarni tahlil qilish va moslashtirish, shuningdek uning ijrosi uchun javobgarlik.
    Boshqaruv hisobining strategiyasi uzoq davr mobayonida korxona taraqiyotini belgilovchi tahlil, taxminlash rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini o’zida namoyon etadi.
    Integrasiya jarayonida hal qiluvchi nuqta xarajatlar va daromadlarni taqqoslash bo’lganligi sababli boshqaruv hisobi uchun eng muhimi xarajatlarni va daromadlarni boshqarish hamda daromadlarga ta’sir qilish vositasi bilan natijalar orqali boshqarish bo’lib qoladi.


    Download 143,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 143,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma. Boshqaruv va moliyaviy hisob o’rtasidagi bog’liqligi va nisbati

    Download 143,5 Kb.