|
1-mavzu. Boshqaruv hisobi jarayonlarining mazmuni va konsepsiyasi (4 soat) Reja
|
bet | 5/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 143,5 Kb. | | #137494 |
Bog'liq 1-мавзу Бошкарув хисоби ЛотинKo’rsatkichlar
|
Amaliy boshqaruv hisobi
|
Ishlab chiqar-ish hisobi
|
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi
|
1.
|
Rejalashtirish (byudjetlashtirish
|
+
|
+
|
-
|
2.
|
Taxminlash (istiqbolni belgilash)
|
+
|
+
|
-
|
3.
|
Ichki (segmentar) hisob va hisobot
|
+
|
-
|
-
|
4.
|
Xarajatlar hisobi va mahsu-lot tannarxini aniqlash
|
+
|
+
|
+
|
5.
|
Transfert bahoni shakllantirish
|
+
|
-
|
-
|
6.
|
Istiqbolni belgilash
|
+
|
-
|
-
|
1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan kengroq bo’lib, o’z ichiga ichki (segmentar) hisob va hisobot, transfert bahoni shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo’nalishlarini qamrab oladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi ko’rsatkichlarni ham o’zida aks ettiradi:
xarajatlar va daromadlarning turlari;
javobgarlik markazlari bo’yicha harajatlar va daromadlar hisobi;
xarajatlar va daromadlarni hisobdan chiqarish hisobi.
4. Boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob bogʼliqligi va farqlari.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishni taqozo etadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasida ko’pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.
Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o’z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta’minlashdir.
Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi.
Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi.
|
| |