1-mavzu. Boshqaruv hisobi jarayonlarining mazmuni va konsepsiyasi (4 soat) Reja




Download 143,5 Kb.
bet3/10
Sana15.01.2024
Hajmi143,5 Kb.
#137494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-мавзу Бошкарув хисоби Лотин

Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo’linmalari (segmentlari) bo’yicha sotish, ma’muriy xarajatlar byudjeti tuziladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
Tashkiliy faoliyat bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish alohida bo’linmalar menejerlari zimmasiga xarajatlar hajmi, ularning samaradorligi to’g’risidagi axborotlarni shakllantirish vazifasini yuklaydi. Bunda ishlab chiqarish zararsizligi nuqtasining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshiriladi, o’zgaruvchan, doimiy xarajatlar va foyda o’rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi.
Boshqaruv hisobi faqatgina xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi bilan shug’ullanibgina qolmasdan, balki korxona rahbariga joriy va istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilishda ko’maklashishi zarur.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

  • korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va boshqaruvchilarni ular bilan ta’minlash;

  • korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berish;

  • mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to’g’ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning yuzaga kelish sabablarini ko’rsatib berish va h.k.

Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga ko’maklashadi:
Tezkor vazifalarga quyidagilar kiritiladi:

  • ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash;

  • ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish;

  • mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish;

  • qo’shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish;

  • baholarni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish.


Download 143,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 143,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Boshqaruv hisobi jarayonlarining mazmuni va konsepsiyasi (4 soat) Reja

Download 143,5 Kb.