• 4. Axborotdan foydalanuvchilar.
  • 5. Axborotni taqdim etish shakllari.
  • Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish




    Download 143,5 Kb.
    bet6/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi143,5 Kb.
    #137494
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-мавзу Бошкарув хисоби Лотин

    3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob schetlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schetlar tizimi O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo’jalik faoliyatini schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schetlar rejasining yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan.
    Boshqaruv hisobi schetlar rejasi esa korxona va uning bo’linmalari faoliyati to’g’risida strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish, byudjetlashti­rish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyasiyasini tashkil etish, “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schetlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
    a) balans schetlari ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schet­lar;
    b) operasion, “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schetlar.
    Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schetlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan tizimlari amal qilmoqda.
    4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham ataydilar. Uning axborotlaridan korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aksionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) foydalanadilar.
    Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar.
    5. Axborotni taqdim etish shakllari. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi, pul oqimlari to’g’risidagi, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy hisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar» bo’yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar soliqlar, ijtimoiy ta’minot va sug’urta, mehnat birjalariga o’rnatilgan tartibda hisobot topshiradilar.
    Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi.

    Download 143,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 143,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish

    Download 143,5 Kb.