• 1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, ilmiy izlanish, nazariya.
  • Fizika
  • Fizikaviy tadqiqot usullari
  • 1-ma’ruza. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari




    Download 316,55 Kb.
    bet1/7
    Sana20.11.2023
    Hajmi316,55 Kb.
    #102111
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari.


    1-ma’ruza. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari.
    Fanning texnika va boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi va bu fanlar rivojidagi ahamiyati. Mexanika haqida umumiy ma’lumot. Koordinatalar tizimi. Fazo va vaqt. Vektor kattaliklarni ularning koordinatalari orqali ifodalash. Fizik masalalarga tatbiq etilishda hosila va integralning ma’nosi haqida. Kinematika elementlari. Fizik modellar: moddiy nuqta (zarra yoki korpuskulyar), moddiy nuqtalar tizimi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit. Modda, maydon va fizik vakuum tushunchalari.
    Reja:
    1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, ilmiy izlanish, nazariya.
    2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. Texnikani rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli.
    3. Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi.
    1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, ilmiy izlanish, nazariya.
    Biz yashab turgan, hayot kechirayotgan gallaktikamiz (Quyosh va uni atrofida aylanayotgan to‘qqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda ko‘p asrlardan beri mavjud. Yerimiz, tabiatimiz, yetti osmonimiz gallaktikaning bir bo‘lagi bo‘lib, tirik organizmlar va odamzod maskani sifatida paydo bo‘ldi. Tabiat hodisalarini, jarayonlarini va qonunlarini o‘rganish juda qadimdan boshlangan. Tabiat sirlarini o‘rganish, qonunlarini ochish asosida insoniyat o‘zining turmush sharoitini, yashash imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Tabiat sirlarini o‘rganish o‘z navbatida, o‘z zamonidagi fikrli, mulohazali, ilg‘or kishilarni o‘ziga tortdi. Qadimgi Yunonistonda tabiat hodisalarini o‘rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga keldi.
    Fizika yunoncha so‘z bo‘lib, “physics”- tabiat degan ma’noni anglatadi. Fizika fani boshqa fanlar kabi bizni o‘rab olgan moddiy dunyoni-materiyaning ob’ektiv xossalarini o‘rganadi.
    Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakati qonuniyatlarini o’rgatuvchi fandir.
    Materiya tushunchasi ob’ektiv reallikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya bo‘lib, bu ob’ektiv reallikni inson o‘z sezgilari bilan idrok qiladi, undan nusha oladi va aks ettiradi. Materiya bizni sezgi organlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda yashaydi.
    Bizning atrofimizni o‘rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz harakatda bo‘lgan materiyadan iboratdir.
    Materiya ikki ko‘rinishda – modda (elementar zarralar -elektron, proton, neytron v. b., atom va molekulalar, ionlar, fizik jismlar) va fizik maydonlar (gravitatsion, kuchli, kuchsiz, elektronmagnit) shaklida bo‘ladi.
    Fizika materiya harakatining eng umumiy ko‘rinishlarini va ularni bir-biriga aylanishlarini o‘rganadi. Masalan, Yer va osmon jismlarining hammasi ximiyaviy jixatdan sodda yoki murakkabligidan qat’iy nazar fizika kashf qilgan butun dunyo tortishish qonuniga bo‘ysunadi. Hamma tabiatda bo‘ladigan jarayonlar fizika aniqlagan qonunga  energiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi.
    Harakat deganda, materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari, bir turdan ikkinchi turga aylanishlari, barcha jarayonlar tushiniladi.
    Fizikaviy tadqiqot usullari. Qonun keng ma’noda qandaydir zaruriy, ichki, takrorlanuvchi ketma-ketliklarni bog‘lanish asosida bajarilayotgan, aniqlangan va umumqoida bo‘lishi mumkin.

    Download 316,55 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 316,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari

    Download 316,55 Kb.