Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. Texnikani rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli




Download 316,55 Kb.
bet3/7
Sana20.11.2023
Hajmi316,55 Kb.
#102111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari.

2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. Texnikani rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli.
Fizika bizning eramizdan ilgariroq vujudga kelgan fan, o‘sha vaqtda uning tarkibiga hozir ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar ham kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar darajasida shakillangan. Umuman, fizika va boshqa tabiiy fanlar orasida keskin chegara mavjud emas. Bu so‘zlarning dalili sifatida ximiyaviy fizika, geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko‘rsatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, fizikani barcha tabiiy fanlarning poydevori deb hisoblash mumkin. Shuning uchun ham Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkir olimlarimizning ilmiy meroslarida ham fizikaga oid talaygina original fikrlar topilyapti.
Fizika barcha tabiat fanlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tadqiqot uslublarini ishlab chiqadi va zarur asboblar yaratishga imkon beradi. Masalan, mikroskopning biologiya fani taraqqiyotidagi, spektral analizning KIMYOdagi, rentgen analizning tibbiyot taraqqiyotidagi, teleskopning astronomiyadagi ahamiyati kattadir.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir: Bu fanlar fizika asboblari yordamida taraqqiy qilib, yangi fan cho‘qqilarini egallashsa, o‘zining yutuqlari bilan fizikani ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal asboblar yaratishni qo‘yadi, shu tariqa o‘zi ham, fizika ham rivojlanib boradi.
Masalan: astranomlarga yangi teleskoplarni yaratib berish, osmon jismlarini mukammalroq o‘rganishga, biologlarga elektron mikroskoplarni yaratilishi, hayotni qanday paydo bo‘lish sirini ochilishiga olib keldi, ximiklarga spektroskopni yasab berilishi elementlar davriy sistemasidagi 24 ta elementni kashf etilishiga sabab bo‘ldi va hokazo.
Stoletovni fotoeffekt hodisasi ustida olib borgan ishlari hozirgi zamon televideniyasi va avtomatikasining taraqqiyotida keng qo‘llanilmokda. Fizika fanining qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishdagi roli ham kattadir. 1778 yili Komov "Dehqonchilik haqida" degan kitobida shunday deb yozgandi: "Dehqonchilik deyarli boshqa fanlar qatori butun fizika bilan chambarchas bog‘liqdir, uning o‘zi ham amaliy fizikaning bir qismidir". O‘simliklarining hayot faoliyati jarayonlari o‘simlik rivojlanayotgan muhitning fizik sharoitlariga: yorug‘lik, issiqlik, temperatura, namlik, bosim va x.k. larga bog‘liq bo‘ladi. Bu sharoitlarni o‘rganish fizikaning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Fizikaning va texnikaning rivojlanishi o‘zaro chambars-chars bog‘liq. Ajoyib fizik kashfyotlar ertami-kechmi texnikada katta o‘zgarishlar yasaydi. Masalan, elektromagnit to‘lqinlarni tarqatish va qayd qilish, ya’ni radioaloqaning ixtiro qilinishi radiotexnikaga hayot bag‘ishladi. Ikkinchi misol, neytronlar va ular ta’sirida og‘ir yadrolar bo‘linishining kashf qilinishi yadroviy energetikaga asos soldi. O‘z navbatida texnika taraqqiyoti fizikaning rivojlanishini rag‘batlantiruvchi muhim omildir. Birinchidan, texnika fizika fani oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Ikkinchidan fiziklarni yangi materiallar, aniqroq asboblar va qurilmalar bilan ta’minlaydi. Masalan, hozirgi vaqtda yadroviy tadqiqotlarni zamonaviy texnika taraqqiyotini o‘zida mujassamlashtirgan qurilmalar (yadroviy reaktor, sinxrofazotron, yarimo‘tkazgichli mikrosxemalar, elektron-hisoblash mashinalar)siz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta.
Fizika fani erishayotgan yutuqlar falsafiy dunyoqarashlarni rivojlantiradi. Masalan, XIX asr oxiri va XX asr boshidagi fizik kashfiyotlar (radioaktivlik, elektron massasining tezlikka bog‘liq ravishda o‘zgarishi, energiya va massaning o‘zaro bog‘liqligi, elektron-pozitron juftining annigilyatsiyasi, nisbiylik nazariyasi va shunga o‘xshash) ko‘pgina fizik tasavvur va tushunchalardan voz kechishni talab qildi. Bu esa bir qator olimlar tomonidan dunyoni idealistik talqin qilish yo‘lidagi bahonalardan biri bo‘ldi.
Vaholanki, fan rivojlanishi bilan tabiatda sodir bo‘luvchi hodisalarning mohiyatini aniqlashda inson bilimi boyib boradi. Tabiiy fanlarga, xususan fizikaga, tugallangan fan deb qarash mumkin emas. Fizika fani uzluksiz rivojlanib boradi, bu rivojlanish jarayonida fizik tushunchalar, qonuniyatlar boyiydi va chuqurlashadi. Materiya tuzilishi haqidagi birorta ham fizik tasavvurni tugallangan deb hisoblash mumkin emas.
Fizik tasavvurlar ob’ektiv reallikdan taxminiy nusxa (kopiya) bo‘lib, ular ko‘pqirrali xaqiqatning ayrim bosqichlarini aks ettiradi.
Shuning uchun dialektik materializm pozitsiyasidan fizika yutuqlariga yondashish “krizis”larni bartaraf qiladi va fanning rivojlanishiga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, fizikaning yutuqlari dialektik materializmning rivojlanishiga kattagina hissa qo‘shadi. Bunda akademik S.I.Vavilovning quyidagi so‘zlarini eslash o‘rinli: “Fizika prinsiplari va qonunlarining, asosiy tushunchalari va ta’riflarining nihoyat keng harakteri bu fanni falsafa bilan yaqinlashtiradi. Fizika fanining mohiyati haqidagi aniq tasavvurlarga ega bo‘lmasdan turib falsafiy jihatdan ma’lumotli bo‘lish mumkin emas”.
Fizika fanining taraqqiyoti boshqa fanlarning rivojlanishiga ham hissa qo‘shayapti. Masalan, ximiya va biologiya fanlarida oxirgi kashfyotlarning aksariyati nazariy va eksperimental fizika metodlariga tayangan holda amalga oshayapti. Shuning uchun ham S.I. Vavilov fizikani zamonaviy fanning “shtabi” deb atagan. Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot bilan baravar qadam tashlaydigan har bir injener fizikaning asosiy qonunlariga oid bilimini egallashi shart.
Fizika fanini birinchi bo‘lib, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yil) o‘zining kitoblarida bayon etgan. O‘sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar bo‘lib ajralib chiqqan, lekin ular o‘rtasida keskin chegara yo‘q, ular doimo bir-birlarini to‘ldirib hamisha aloqada bo‘ladilar. Bu gaplarni isboti sifatida tabiatdan yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo‘llanishi natijasida fizikaviy-ximiya, astrofizika, geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun, fizika – barcha tabiiy va amaliy fanlarning poydevoridir deyish mumkin.
Fizika fani rivojlanishida buyuk o‘zbek mutafakkir olimlarimizning boy ilmiy meroslarni ham ahamiyati katta bo‘lgan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari, dunyo xaritasini yaratishdagi urinishlari “Amerika”-qit’asi borligini bashorati (Kolumbning Amerikani ochishida asos bo‘lgan), shuningdek, Ahmad Al-Farg‘oniyning Yer meridianini o‘lchab chiqishlari, tutash idish qonunidan foydalanib Nil daryosi suvini o‘lchab beradigan qurilmani yaratgani (u hozirgacha saqlanganligi), Al-Xorazmiy bilan birgalikda osmon jismlarini o‘rganishdagi tadqiqotlari hozirgacha ham o‘z qiymatini yo‘qotganicha yo‘q.
Fizika – jonsiz tabiat qonunlari o’rganiladigan asosiy tabiat fanlaridan biridir. Olam doimiy o’zaro ta’sirda va uzluksiz harakatda bo’lgan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir bo’luvchi barcha hodisalar va jarayonlar muayyan qonunlar bo`yicha yuz beradi. Jismlarning harakat va o’zaro ta’sir qonunlarining va elektromagnit hodisalar qonunlarini o’rganish fizikaning asosiy vazifasidir.
Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jism fizikasi kabi yangi bo’limlari rivojlanib bormoqda. Bularning barchasi umumiy fizika kursida o’z aksini topmoqda. Umumiy fizika kursi odatda bir necha bo’limga bo’linadi: 1) Mexanika; 2) Molekulyar fizika va termodinamika; 3) Elektr va magnetizm; 4)Optika va 5) Kvant fizika.

Download 316,55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 316,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika tarixining muhim bosqichlari. Texnikani rivojlanishida va muxandislik kasbini egallashda fizikaning roli

Download 316,55 Kb.