• Asosiy birliklar
  • Qo‘shimcha birliklar
  • Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi




    Download 316,55 Kb.
    bet4/7
    Sana20.11.2023
    Hajmi316,55 Kb.
    #102111
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari.

    3. Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi.
    Fizikada aniq o’lchashlar asosiy rol o’ynaydi. Bu o’lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomondan o’lchash mumkin. Fizik kattaliklarni o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o’lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi.
    Fizik kattaliklarni o‘lchash uchun o‘lchov birliklari tanlab olinadi. O‘lchash mumkin bo‘lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (namuna) larga ega. Fizik kattaliklarning qiymati deganda, mazkur kattalik etalondan (eski uning nusxasidan) necha marta farqlanishini ko‘rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik o‘lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil tanlash mumkin.
    Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o‘lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari bu kattaliklarni asosiy kattaliklar bilan bog‘lovchi qonunlar (formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o‘lchov birliklari hosilaviy birliklar deb yuritiladi.
    1960 yil oktyabrda fizik kattaliklarning Xalqaro sistemasi qabul qilindi. 1961 yilning 24 avgustida oldingi ittifoqda «Sistema internatsionalnaya» so‘zlarining bosh xarflari bo`yicha SI («Es – I» deb o‘qiladi) tarzida belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI da ettita asosiy birlik va ikki qo‘shimcha birlik qabul qilingan.
    Asosiy birliklar

    Uzunlik, metr (m). Kripton -86 atomining 2r10 va 5d5 sathlari orasida o‘tishga mos bo‘lgan nurlanishning vakuumdagi to‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bo‘lgan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
    Massa, kilogramm (kg). Kilogrammni xalqaro prototipining massasi 1 kilogramm deb qabul qilingan.
    Vaqt, sekund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi o‘tishga mos bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.
    Elektr tokining kuchi, Amper (A).
    1 amper tok vakuumdagi bir- biridan 1m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan o‘tganda o‘tkazgichning har bir metr uzunligiga 2*10-7 N kuch ta’sir qiladi.
    Termodinamik temperatura, Kelvin (K).
    Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulushi 1 kelvin deb qabul qilingan.
    Modda miqdori, mol(mol).
    Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (masalan, atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
    Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
    540 . 1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug‘ligining energetik kuchi 1/683 . Vt/sr ga teng bo‘lgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
    Qo‘shimcha birliklar

    Yassi burchak, radian (rad).
    Aylanma uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilingan.
    Hosilaviy birliklar

    Tezlik, metr taqsim sekund (m/s).
    1m/s tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta 1s davomida 1m masofaga ko‘chadi.
    Tezlanish, metr ,taqsim sekund kvadrat (m/s2 )
    1m/s2 tezlanish bilan to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi 1s da 1m/s2 ga o‘zgaradi.
    Impuls, kilogramm - metr taqsim sekund (kg.m/s). 1kg.m/s -1m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 1kg massali jismning impulsi
    Kuch, N’yuton (N).

    Download 316,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 316,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizikaviy kattaliklar va ularning o‘lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi

    Download 316,55 Kb.