|
1-ma’ruza. Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari
|
bet | 2/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 316,55 Kb. | | #102111 |
Bog'liq Fanni o‘qitish va maqsadlari. Kinematika asoslari.Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o’zaro bir-biri bilan bog’langan holda sodir bo’ladi. Kuzatish va tajriba yo’li bilan bu bog’lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo’lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.
Fizik qonunlar tajribalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish natijasida topiladi. Fizik qonunlar fizik hodisalar orasidagi ob’ektiv ichki bog‘lanishni va fizik kattaliklar orasidagi real munosabatlarni ifodalaydi.
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik hodisalarni o‘rganish tajriba asosida boshlanadi. Hodisalarni tabiiy sharoitlarda o‘rganish asosida tajriba orttirish - kuzatish deb, hodisalarni sun’iy sharoitda, ya’ni laboratoriya sharoitlarda amalga oshirib tajriba o‘tkazishni esa eksperiment deb atash odat bo‘lib qolgan. Albatta, eksperiment kuzatishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, eksperimentda axborot olish uchun sarflanadigan vaqtni tejash mumkin. Masalan, tabiiy sharoitlarda biror hodisa ro‘y berishi uchun bir necha sutkalab, hattoki oylab kutishga to‘g‘ri keladi. Laboratoriyalarda esa bu hodisani istalgan vaqtda amalga oshiriladi. Ikkinchidan, tabiiy sharoitlarda amalga oshayotgan tajribada hodisaga bir necha faktorlarning ta’siri aks etgan bo‘ladi. Laboratoriyada esa suniy ravishda shunday sharoitlar yaratish mumkinki, natijada faktorlardan faqat birining o‘zgarishi hodisaning o‘tish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishini tekshirish imkoniyati tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, eksperimentda “tozaroq sharoitlar” yaratish mumkin. Bu esa tajribada aniqlanayotgan kattaliklarni aniqroq o‘lchashga imkoniyat yaratadi.
Umuman, tajriba deganda faktlarni qayd qilishnigina emas, balki faktlarni sistemaga keltirish, hodisa yoxud jarayonni xarakterlovchi fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanishni ham sifat, ham miqdoriy jihatdan aniqlashni tushunish lozim.
Tajribalarda yig‘ilgan axborotlar hodisani tushuntirish uchun gipoteza (ilmiy faraz)lar yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Gipotezani mantiqan rivojlantirish tufayli vujudga keladigan natijalar tajribalarda tasdiqlanmasa, bunday gipoteza sinovdan o‘tmagan, ya’ni xato gipoteza hisoblanadi.
Aksincha, gipotezadan kelib chiquvchi natijalar tajribalarda tasdiqlangan taqdirda gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Fizik nazariya bir sohadagi bir qator hodisalarni, ulaning mexanizimi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Bundan tashqari, fizik nazariya qayd qilinmagan yangi hodisalarni oldindan aytib bera oladi. Agar bu yangi hodisalar tajribada qayd qilinsa, nazariya yana sinovdan o‘tgan bo‘ladi. Shuni ham qayd qilmoq lozimki, nazariyalar ham vaqt o‘tishi bilan rivojlantiradi. Eksperiment texnikasini o‘sishi bilan yangi hodisalar kashf etiladiki, ularni tushuntirishga nazariya ojizlik qilishi mumkin. Bu hollarda nazariyaga “tuzatma” kiritiladi. Demak, fizik nazariyalarning yaratilishi va sinalishi tajribalar bilan boshlanadi, hamda tajribalar bilan isbotlanadi va rivojlantiriladi.
|
| |