• Bandlik kafolati
  • Shaxsiy mavqe
  • 1-mavzu Fanga kirish Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi




    Download 431.63 Kb.
    bet14/25
    Sana16.07.2022
    Hajmi431.63 Kb.
    #24900
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
    Bog'liq
    dars iwlanma
    google classroom, Akademik yozuv
    Mustaqillikka intilish

    Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko'nikmangiz va qobiliyatingizni o'zingiz xohlagan tarzda qo‘llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko'proq erkinlikka ega. Ular o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlaming roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.



    Foyda olish

    Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir.
    Foyda — bu barcha xarajatlami to‘lagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. O‘z-o‘zingizni band qilib, o‘z daromadingizni boshqara olasiz. Juda ko‘p hollarda korxonaga ko'proq vaqt va ko'proq harakat bag'ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.



    Bandlik kafolati

    Ko‘pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo'lishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatda bunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.



    Shaxsiy mavqe



    Mavqe — u alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan o'rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko‘pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog'liq: ko'pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z ismlarini ko'rib g‘ururlanishadi.

    5-ilova

    Siz nafaqat o‘zini-o‘zi band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz, balki u bilan bog'liq yoqimsiz holatlardan ham xabardor bo‘lishingiz kerak:


    Download 431.63 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




    Download 431.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu Fanga kirish Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Download 431.63 Kb.