• Fanning vazifalari
  • Fanni o’qitish jarayonida ta’limning ilg’or texnologiyalaridan foydalanish.
  • 1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati




    Download 0,67 Mb.
    bet1/74
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #116796
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    биол маж лекция
    Aeradrom mustaqil ish

    1-mavzu.Fanning maqsadi va vazifalari
    reja


    1.Foydalaniladigan adabiyotlar
    2. Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati
    3.Biotexnologiya so‘ziga ta’riflar.
    4.Biotexnologiyaning fan va ishlab chiqarish sohasidagi ahamiyati

    Fanning maqsadi: Biotexnologiya fani biotexnologiya bakalavr tayyorlashda nazariy fanlarning biri bo‘lib, bugungi kundagi bo‘lajak mutaxassislarni atrof muhitni biotenologik usullar yordamida tozalash, chiqindisiz texnolgiyalar yaratish, transgen oziq ovqat mahsulotlar va ularning organimga ta’siri biologik jarayonlar ustida ishlash, kelgusida sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, meditsina sohasida dori-darmonlar ishlab chiqarish, vaksinalar tayyorlash, immunitetni o‘rganish kabi muammolarini tushuntiradi.


    Fanning vazifalari: Biobiotexnologiyaning asosiy obyekti atrof muhit bilan organizmlar o‘rtasidagi munosobat tushuniladi Shuning uchun bugungi kundagi ekobiotexnologiyaning asosiy vazifasi o‘simlik va hayvon hujayralarini o‘stirib sanoat miqyosida toza mahsulotlar ishlab chiqarish. Mikroorganizmlar shtammlarini tanlash (spirt, shakar, xamir achitish, pishloq tayyorlash) usuli bilan sanoatda sifatli mahsulotlar ishlab chikqarish. Gen injenerligi usulida hayvon o‘simlik va mikroorganizmlar DNK va RNK larini o‘zgartirib sanoatda yangi mahsulotlar (insulin, inteferon, vozoprossin, aminokislotalar, gormonlar va boshqalar) olish fanning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Fanning o‘kitish jarayonidagi o‘rni, barcha biologik fanlarning, shu jumladan gen injenerligi, molekulyar biologiya, umumiy biologiya fanlarning asosiy qonuniyatlarini tushuntirish va taxlil qilish bilan belgilanadi deb qarash mumkin.
    Fanni o’qitish jarayonida ta’limning ilg’or texnologiyalaridan foydalanish.
    Biotexnologiya fanini o‘qitish jarayonida yangi va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud va bu talabalar bilim darajasining oshishiga, fanning qiyin sohalarini yaxshi o‘zlashtirishiga katta yordam beradi. Jumladan organizmlarning atrof muhit bilan aloqasi, transgen mahsulotlar foydasi va zarari, bu mahsulotlarni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda zamonaviy o‘qitish vositalari va usullaridan keng qamrovli foydalanish mumkin. ekobiotexnologiya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning bir qator usullari va metodlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday metodlarga «bevosita o‘qitish», «ma’ruza», «munozarali ma’ruza», «aqliy hujum», «bahs-munozara», «videotasma (slaydlar)», «muammoli o‘qitish» va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday usul va metodlar talabani mustaqil fikrlashga undaydi, aqliy faolligini oshiradi, ta’limning ilg‘or texnologiyalari bilan tanishadi va ularni amalda qo‘llaydi. Bu esa talabalarda malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Qolaversa ularda pedagogik faoliyat davomida, yosh avlodni etuk va mukammal shaxs qilib tarbiyalash jarayonida, maktab yoki kollejda dars o‘tish asnosida bu metodlarni amalda qo‘llay olish imkoniyatlari imkoniyatlari bo‘ladi.
    Ta’limning yuqorida keltirib o‘tilgan ilg‘or metodlarini amalda qo‘llash jarayonida elektron darsliklar, multmedia tizimi, materiallar bazasi hamda elektron kutubxona tizimidan, e’lonlar elektron doskasi va boshqa ko‘plab zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Bu borada xalqaro Internet tizimining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ushbu vositalardan bevosita foydalanish va ularni amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish talabalarning kelgusidagi faoliyatida juda zarurligi va katta ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib o‘tish lozim. Talabalar ushbu vositalardan amalda foydalanibgina qolmasdan, balki mustaqil topshiriqlarni bajarish jarayonida bunday vositalarni bevosita o‘zlari yaratishlari ham mumkin.



    Download 0,67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

    Download 0,67 Mb.