|
-MAVZU: GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KREATIV METODLAR
|
bet | 19/36 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 175,96 Kb. | | #145269 |
Bog'liq 1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org11-MAVZU: GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KREATIV METODLAR
Reja:
Kreativ ta’lim metodi. Talabalarning ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ayniqsa muammoli, loyihalashtirilgan va jadallashtirilgan ta’limlarning qo‘llanishi o‘quvchi- talabalarda yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini o‘sishiga olib keladi.
An’anaviy shaklda olib boriladigan ta’lim o‘quvchi- talabalarga ilgaritdan ma’lum axborot, bilim,tushuncha, ko‘nikma va malakalarni berish bilan chegaralanadi.Lekin kreativ ta’lim metodi asosida tashkil etilgan orientatsiyadagi darslar jarayonida qabul qiluvchi obyektdan ijodkor (kreativ) sub’ektga aylanadi.Predmetni (tomoni, mazmuni) o‘zlashtiruvchi o‘ziga nisbatan yaratuvchanlik bilan yondoshishi asosida o‘zlashtirib oladi.Har bir faktik materialga ijordiy va tanqidiy qaray oladi. Olinayotgan o‘quv materiali unga yangicha qarash, qo‘shimcha materiallarni olish, o‘zlashtirishga yo‘l ochadi. Ko‘pincha bunday xollar o‘zlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi.
Bu esa malakali mutaxassislarni kelajakda olgan bilim, ko‘nikmasining faqt ijrochisigina bo‘lib qolmay, balki o‘z kasbiy faoliyatiga ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga olib keladi.
Hozirgi kun ta’lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy fikrlaydigan malakali mutaxassislarni va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan iborat.
Sir emaski, mamlakat taraqqiyotida texnologiya, xom-ashyo, jihozlar, energo-resurslar, ekologik o‘zgarishlar borgan sari globallashib, uning boshqaruvchisidan yuksak maxorat egasi bo‘lishni talab etmoqda.Umuman ta’lim tizimida ham uning dasturlari , mazmuni,Davlat ta’lim standartlari (DTS) takomillashib bormoqda.Bunday tezkor o‘zgarishlar bilim olishning zamonaviy texnologiyalari, masofaviy, loyihalangan ta’lim , media ta’limini , ya’ni shaxsiy ijodkorlikka asoslangan ta’limni joriy qilish ehtiyojini keltirib chiqarmoqda.
Kreativ ta’lim metodining maqsad va vazifalari hozirgi mavjud ta’lim asosan ilgaridan mavjud bo‘lgan an’anaviy didaktikaga asoslangan , ya’ni o‘quv jarayonida ilgaridan fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarni o‘qitish, o‘rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi.O‘qituvchi ilgaridan ma’lum reproduktiv faoliyatni olib boradi.Bu esa asosan o‘quvchi-talabalarning ta’lim mazmunini yodlab olishi, qayta takrorlab borishi bilan cheklanadi. Ya’ni ta’lim ilgaridan ma’lum predmet “avval hunar o‘rgat, keyin shogird o‘z hohishicha nimani ijod qilsa-qilaversin” yo‘sinida ish tutish rasm bo‘lgan.
Bunday holda bilim olish konsepsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
-bilim bilan tanishish,ma’lum axborotni tushunib olish, voqealarni bir-biridan ajrata olish;
-bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarni takrorlash;
-bilim-malaka , olgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish;
-bilim-transformatsiya, olgan bilimlarni, keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni bajarishda qo‘llash (ya’ni ijodiy foydalana olish darajasi)dir.
Agar umumta’lim maktablari , akademik litsey va kasb-hunar kollejlari birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o‘rgatsa, oliy ta’lim uchinchi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘rtinchi darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish, stajor- tadqiqotchilar tomonidan bilimni egallash va davom ettiriladi.Undan keyingi ta’lim esa “yueshikdan qabrgacha”, ya’ni “umr bo‘yi uzluksiz” ta’lim davom etadi.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni, malakali mutaxassisni tarbiyalash- fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarning o‘zinigina o‘zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf etishlari bilan muximdir.
Bunga yorqin misol, ulug‘ allomalarimiz Muso al-Xorazmiy matematika fanining asoschisi, al-Farg‘oniyning turli fanlarga tegishli buyuk kashfiyotlari, al-Farobiyning (70 dan ortiq tillarda erkin so‘zlashgan) tovush tezligi, chastotasi,moddiyat, issiqlik,harakat , optikaga oid kashfiyotlari, Abu Rayxon Beruniyning (qomusiy olim) mineralogiya, geodeziya, jo‘g‘rofiya, falakiyot (astronomiya), tarix, tilshunoslik, falsafava boshqa fanlar rivojiga qo‘shgan katta hissasi, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” va boshqa asrlari, Ulug‘bekning “Zijji Ko‘ragoniy”, “Tarixi arba ulus” (To‘rt ulus tarixi) asarlarihozirda ham mamlakatimixda va ko‘plab Yevropa mamlakatlarida o‘qib o‘rganilmoqda.Ularning kashfiyotlari butun jahon xalqlarining umummulkiga aylangan.Bu shundan darak beradiki, allomalarimiz o‘z davriad mavjud bilimlarni chuqur va puxta o‘rganib, o‘zlashtirib qolmay, ular o‘z ishlariga izlanuvchanlik va ijodkorlik bilan yondoshib,juda ko‘plab kashfiyotlar qilganlar.Shuning uchun yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarning o‘zini o‘rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay, ularning ijodiy, tanqidiy va yaratuvchanlikruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bormoqdan iborat.
Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi- o‘quvchi-talabalarning intelektual darajasini , yaraiuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olish, yaratishga ruxlantirishga qaratilmogi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko‘ra) olti yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega ekanlar.Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo‘lar ekan.Agar shu davrda u bilan olib boilayotgan ta’lim jarayoniga faqat an’anaviy ta’lim asosida yondoshilsa,undagi ijodkorlikka moyillik so‘nib boradi.
O‘quv-biluv ijodkorlikka yo‘naltirilsa-uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati oshib boradi. Masalan:
1. Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina obyektning o‘zi bilangina cheklanmay, ya’ni sub’ekt (o‘quvchi- talaba)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi,ya’ni ijodkorlikka yoshlikdan o‘rgatish mumkin va zarur.
2. Umuman ulug‘ kashfiyot namoyondalari fikrlash algoritmini yaxshi o‘zlashtirganlar, yauqur, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar.Ular asosan evristik metod va usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar.
Create lotincha so‘z bo‘lib- yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni beradi.
Yaratuvchanlik va ijodkorlik metodlarini yaratishni, o‘rgatishni kreativ pedagogika o‘rgatadi.
Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi- talabalar faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘quvchi- talabalarning falligi tufayli u yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi.
Ijodkorlik va madaniyatlilik o‘quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi.Shuning uchun ham o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda “ilmiy texnik ijodkorlik asoslari” yoki “ texnik loyihalash ijodiy asarlari” va boshqa ilmiy izlanish yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etilsa, o‘quvchi- talabalarning loyihalash ijodkorligi oshib boradi.Shuning uchun ham o‘quvchi- talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo‘naltirish, ularning kelgusida kasbiy mahoratli, ijodkor bo‘lib yetishishiga sabab bo‘ladi.Tarixan ta’lim ikki madaniyat yo‘nalishida rivojlangan, taraqqiy etgan.Birinchisi, gumanitar- badiiy yo‘nalishda bo‘lsa,ikkinchisi ilmiy va texnika yo‘nalishi.Shu sababli texnik ijodiy rivojlanish konsepsiyasida texnika ta’limini insonparvarlashtirish va nazariy muhitda rivojlanishning asosi qilib olingan.Aniq fanlarning ham rivojlanishini texnika taraqqiyoti va axborot informatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lash yaxshi natijalar bermoqda.Ta’lim bilan bog‘liq har qanday faoliyat loyihalashtirish asosida kechsa:
3.Dizayn bilan bog‘lashda yaxshi natijalarga olib keladi; Shuning uchun kreativ pedagogika shu loyihalashtirishga asoslangan bo‘ladi.Hozir texnik jihatdan katta o‘sish, o‘zgarishlar davri;
4.O‘z navbatida ta’lim jarayoni oldiga vazifalar qo‘ymoqda, ta’lim oluvchi olgan bilimlarini o‘zlashtirib, ko‘paytiribborishdan tashqari, o‘quv- biluv jarayonida qo‘shimcha bilimlar berish orqali ijodiy yondashuvga moyilliklariortib boradi;
5.Ta’limni olib boruvchi- o‘quv jarayonini olib boruvchi, o‘quvchi- talabalar o‘quv jarayonining faol ishtirokchisi o‘quv- biluv mas’uliyatini o‘z bo‘yniga oluvchi hamdir;
6.Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar , yangi o‘quv Obyektlari o‘quvchi- talabalarning tafakkurini abstrakt fikrlash, ijodiy fikrlar yuritishga olib keladi.
7. O‘quv jarayonini algoritmlash, loyihalash, modullashtirish o‘quvchi- talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish asosida o‘z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug‘diradi.
Xullas, o‘quv jarayonini kreativ yo‘naltirish uchun:
1.O‘quv jarayoni o‘quv materialini berib borish, boshqa qiziqarli qo‘shimcha materiallarni taklif etish va o‘quvchi-talabalarni izlanishga, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi material asosida ularni o‘z ehtiyoji, hohishi bilan yangilik sari yetaklash.
2.O‘quv jarayonini ham shunday o‘zgartirish kerakki, o‘quvchi- talabalar o‘quv materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o‘quv materiali o‘sha yaratuvchilikka xizmat qiladi.
3. O‘quv materiallariga yangi qo‘shimchalar kiritish orqali evristik strategiya, taktika, metod va usullar taklif etish orqali o‘quvchi-talabalarning ijodiy fikrlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish kerak.
Umuman, talabalar faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlag har qanday muammoni , vazifani, loyihani yechishda sermaxsul jarayon hisoblanadi.Shunday ekan, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil ravishda masalaning yechimiga intilsa, o‘qituvchi muammoli vaziyatni o‘z vaqtida tashkil etsa, talabalarda sekin-asta ko‘nikma va malaka shakllana boradi.
|
| |