|
Geografiya ta’limining asosiy masqsad va vazifalari
|
bet | 2/36 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 175,96 Kb. | | #145269 |
Bog'liq 1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.orgGeografiya ta’limining asosiy masqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy-uslubiy kontseptsiyasi»da quyidagicha belgilab berilgan:
- dunyoni yaxlit idrok etishni, geografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so’z bilan aytganda, geografik madaniyatni tarbiyalash;
- tevarak-atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo’lgan kartadan mohirona foydalana bilishni o’rgatish;
- har qanday shaxs, tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil me’yorlariga amal qilishni, buni muhim sharti esa, ularga kompleks yondashish zarurligini anglatmoq;
- har bir fuqoroning o’zi yashab turgan ijtimoiy muhitda samarali faoliyat ko’rsatishiga zarur bo’lgan bilim va malaka berish bilan ruyobga chiqishi va rivojlanishini ta’minlash.
Geografiya darslarida o’quvchilarni to’laqonli o’quv – bilish jarayonining sub’ektiga aylantirish yo’llari.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intelektual va ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog’langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi mazkur vazifalarni amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o’z navbatida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirishga bog’liq.
Xo’sh, bilish nima?
Bilish – moddiy olmning inson ongida in’ikos etish jarayonidir. Ya’ni:
ob’ektiv olam bizning sezgi va tasavvurimizga bog’liq bo’lmagan holda undan tashqarida mavjud. Ob’ektiv olam inson sezgi va tasavvurlarining manbai;
inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin.
Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi olam mazmunini in’ikos ettiradi.
Geografiya ta’limi jarayonida o’quvchi o’qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida geografik qobiqning qonuniyatlari, hodisa va voqealarning mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar uchun o’quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir.
O’qituvchi geografiya ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, o’kitishdan ko’zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish uchun ularni boshqaradi, nazorat qiladi va baholash orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi.
O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga alohida e’tibor berish kerak. Bilish faoliyatini ob’ekti – o’qituvchi bo’lsa, sub’ekti o’quvchi sanaladi. SHu bois ta’lim markazida o’quvchi shaxsi, ongi ham o’rganilayotgan olmaga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlikka: o’quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo’naltiruvchi o’qituvchilarga munosabati yotadi. Bu masalaga barcha davrlarda birdek ahamiyat berib kelingan. Ayniqsa, Uyg’onish davri SHarq mutafakkarlari ta’lim jarayonini, o’qitish, ta’lim berishda o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Abu Ali ibn Sino ta’lim jarayoni, bilim berish haqida gapirar ekan, unda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymasli;
- ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish;
- o’qitishning jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Abu Rayhon Beruniy esa o’quvchilarga bilim berishda:
- o’quvchilarni zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzuni qiziqarli, asosan ko’rgazmali bayon etish kerakligini uqtiradi.
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo’ladiki, ta’lim jarayoni o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyatini va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o’z ichiga oladi. Biz bu fikrlarni tahlil qilib, ta’lim jarayoni tarbiya bilan, bilim, ko’nikma va malakalarni bir-biri bilan ajratilgan holda shakllantirishga mo’ljallangan o’quv faoliyatini tashkil etish bugungi kun talabiga javob bermasligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda , ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit, bir tizim xolatida, bilim, ko’nikma va malakalarni bir-biriga uzviy ravishda shakllantirish lozim, degan xulosaga keldik.
XX asrning taxminan 30 yillaridadan buyon ta’lim-tarbiya jarayonida hukumronlik qilayotgan an’anaviy ta’lim, xususan tushuntirish (og’zaki bayon) metodlari o’quvchilarni yalpi o’qitish va o’quvchilarning bilish faoliyatining passiv tinglovchisi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O’qitish ishlarini tashkil etishda o’rta saviyali o’quvchi mo’ljalga olinadi, o’quvchilarning mustaqilligi e’tibordan chetda qoladi, o’quv faoliyati o’qituvchi tomonidan boshqariladi. Og’zaki bayon metodini tadbiq etganda o’qituvchi geografik voqea va hodisalarning mohiyatini ochib beradi, bilimlar aniq misollar bilan tushuntiriladi, turli ta’lim vositalaridan foydalaniladi va muayyan miqdorda amaliy ishlarni bajaradi. O’qituvchi o’quvchilarga bilim berishga va berilgan bilimlarni ko’nikma va malakalarga aylantirishga harakat qiladi. Ammo ushbu metoddan foydalanilganda og’zaki ta’lim ustun bo’ladi. Bunda o’qituvchi asosan bayon etadi, o’quvchilar esa tinglaydi. O’quvchilar bilimlarni asosan xotirasida saqlashga, eslab qolish, yodlab olish, mustahkamlashga intiladilar. Yodlash bilan egallangan bilimlarni esa amaliyotda qo’llash mumkin bo’lmaydi. Demak ushbu jarayonda pedagogik munosabat sub’ekt-ob’ekt tarzida amalga oshiriladi.
O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda, ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit, bir tizim holatida, bilim, ko’nikma va malakalarni bir - biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur.
|
| |