|
-Mavzu: Innovatsion texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari
|
bet | 4/36 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 175,96 Kb. | | #145269 |
Bog'liq 1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org2-Mavzu: Innovatsion texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari
Reja:
1. Innovatsion texnologiyalarning mazmuni, ta’riflari, qonuniyatlari
2. Innovatsion faoliyatning nazariy omillari
3. Pedagogik texnologiyalarning ko’rinishlari va darajalari.
4. Pedagogik texnologiyaning mezonlari
Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:Innovatsiya, innovatsiya turalri Texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya tasnifi, pedagogik texnologiya darajalari, pedagogik texnologiya mezonlari.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion - (ingliz.) - yangilikni kiritish (tarqatish) degan ma’noni bildiradi.
Innovatsion pedagogika atamasi va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Yevropa va AQSHda (60y) paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat O.N Gonobolin, V.A Slastinin, N.V Kuzmina, A.I Щervanov va boshqalar ishlarida tadqiq etilgan.
Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti amerikalik innovatsiyachi E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo’lgan munosabati va boshqalarni ko’rsatgan.
A.I. Grigorin- Innovatsiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un (unsur) elementlarini kiritib boruvchi maqsadiga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi.
Bu jarayonga ikki xil qarash (Grigorin, Sazonon, Stepanov va boshq.) mavjud.
Birinchi qarashda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birlamchi, raqobati va natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashidir.
Pedagogika adabiyotlarida innovatsion jarayonning sxemasi ko’rsatiladi va uning bosqichlari quyidagicha:
1. Yangi g’oya tug’ilishi yoki yangilikning paydo bo’lishi (kashfiyot bosqichi) deb yuritiladi.
2. Ixtiro qilishlik - yangilik yaratish bosqichi;
3. Yaratilgan yangiliklarning amalda qo’llay bilish bosqichi;
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi;
5. Muayyan sohada yangilikka xukmronlik qilish bosqichi.
Pedagogik innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy hisoblanib, pedagogik fanda - xususiy, shartli, maxalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi.
Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya va boshq.
“Innovatsiya” - bu ta’lim; ma’lum bosqichlari bo’yicha rivojlanadigan jarayon.
|
| |