• M.I. Potashnik innovatsiya jarayonning
  • Innovatsiya jarayoni - tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat.
  • Interaktiv metodlar
  • 1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja




    Download 175,96 Kb.
    bet5/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi175,96 Kb.
    #145269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org

    R. N. Yusufbekova- pedagogik yangilikka o’qitish va tarbiya berishda avval ma’lum bo’lmagan va qayd etilmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi o’zgarib turadigan pedagogik voqiylik deb qaraydi.
    R. N. Yusufbekova bo’yicha innovatsion jarayonlar quyidagicha:
    Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki.
    Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o’zgartirish va baholash bloki.
    Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki.
    Birinchi blokka - pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, meyorlari, uni o’zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, atama va novatorlik, yangini yaratish bosqichlari kiradi.
    Ikkinchi blokka - pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o’zlashtirish, pedagogikadagi novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik hamjamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
    Uchinchi blokka - yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridan iborat.
    M.I. Potashnik innovatsiya jarayonning quyidagi tuzilmasini ko’rsa -tadi:
    - faoliyat tuzilmasi - motiv-maqsad-vazifa-mazmun-shakl-metodlar - metodik komponentlar yig’indisi.
    - sub’ektiv tuzilma - innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar, va boshq.
    - mazmun tuzilmasi - o’quv tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda yangilikning paydo bo’lishi, ishlab chiqilishi va o’zlashtirilishi.
    - tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko’ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi.
    Innovatsiya jarayoni - tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonning kechishini 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
     Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni;
     Nixoyat amalga oshirish qonuni;
     Komillashtirish qonuni;
     Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanish va qaytish qonuni;
    Ayovsizlik qonunida pedagogik jarayon va xodisalar to’g’risidagi tasav -vurlar buziladi, pedagogik ong buziladi, pedagogik yangilik baholanadi.
    Nixoyat amalga oshirish qonuni yangilikning hayotiyligi bo’lib, erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
    Komillashtirish qonunida pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakat tendentsiyasiga ega bo’ladi.
    Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytishi qonuni bo’yicha yangilik, yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
    Innovatsion faoliyatning subьekti - o’qituvchining shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda pedagog shaxsining ijtimoiy, madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo’ladi.
    Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi, talaba asosiy figuraga aylanadi.
    Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirish, malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalar, ya’ni innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. O’quv jarayonida qo’llaniladigan innovatsion va axborot texnologiyalar juda xilma-xil bo’lib, ular o’qitishning samarasini oshirishga yordam beradi, texnologik treninglar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo’lishlariga, hamda mutaxassislarga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
    Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
    Pedagogik texnologiyalar - ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakli va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkonini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. SHu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so’nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
    Ishlab chiqarishdagi texnologiyalarda turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material (o’quvchi) ta’lim oluvchining aqliy, ruhiy, ahloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishi yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi.

    Download 175,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 175,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja

    Download 175,96 Kb.