• 5.4. Global iqtisodiyotga integratsiyalashuvda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik
  • Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga kо‘maklashishi. 5




    Download 268,16 Kb.
    bet37/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    4. Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga kо‘maklashishi.
    5. Milliy sanoatning yosh sohalarini qо‘llab-quvvatlash.
    Hatto integratsion birlashmalar uchinchi malakatlarga nisbatan kamsituvchi choralarni nazarda tutmaganlarida ham, ular faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qо‘llab-quvvatlash usuli sifatida qaraladi. Ayniqsa, 60-70 yillarda Lotin Amerikasi va Afrikaning Saxroi Kabirdan Janubdagi mamlakatlarda ana shunday proteksion kayfiyatlar ustunlik qilgan edi.
    Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligi jarayoni bо‘lib, u xо‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi, davlatlararo kelishuvlar shaklini oladi va davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.
    5.4. Global iqtisodiyotga integratsiyalashuvda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik
    Ishlab chiqarish sohasida xalqaro munosabatlarning jadal sur’atdagi yо‘nalishi va xarakteri muayyan darajada integratsion jarayonning mazmuni va rivojlanishini belgilaydi. Umuman ishlab chiqarish bilan birga aloqa о‘rnatish sohalarini qamrab oladi. Savdo munosabatlari kо‘pincha ikkinchi –darajaga surilib, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligining yakunlovchi bosqichiga aylanmoqda.
    Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligida bir nechta bosqichni belgilash mumkin;
    Birinchi bosqich - mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashganligiga suyanadi, ya’ni bunda bir ishlab chiqarish sohasining (masalan, sanoat) mahsulotini boshqa soha (masalan, qishloq xо‘jaligi) mahsulotiga ayirboshlash rivojlanadi;
    Ikkinchi bosqich - qisman mehnat taqsimoti bazasi asosida shiddat bilan rivojlanayotgan tarmoqlararo ixtisoslashtirish bilan xarakterlanadi, avvalambor bu ishlab chiqarishning moddiy tarafdan soha tuzilishini murakkablashtirish, ya’ni sanoat sohalarini differensiallashtirishdir;
    Uchinchi bosqich - umumiy va xususiy mehnat taqsimotiga asoslanib, xalqaro tarmoqlar о‘rtasidagi ixtisoslashtirishning rivojlanishi bilan xalqaro sohalar ichidagi ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish jarayoni bilan boshlanadi, bu xususiy hamda yakka mehnat taqsimotiga asoslangandir.
    Ayrim mahsulotlar qismlarini (agregatlar, detallar) ishlab chiqarish nazarda tutilmoqda, maqsad - yangi texnika va texnologiya bazasini amaliy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish va h.k. Tabiiyki, bu ixtisoslashtirish asosida yakunlovchi mahsulot (mashinalar, agregatlar, ishlab chiqarish obyektlari) chiqarish uchun keng miqyosdagi muvofiqlashgan (kooperatsion) aloqalarni yuzaga keltirini talab etiladi.
    Ishlab chiqarish hamkorligi tushunchasi asosida xalqaro ixtisoslashtirish bilan kooperatsiya ishlab chiqarishi о‘zaro bog‘liqligi yotadi.
    Xalqaro ishlab chiqarish koopersiyasi turli mamlakatlarning bir xil yoki boshqa (turli) ishlab chiqarishdagi kundalik bir-biriga bog‘liq ish jarayonlarida subyektlar va huquqiy shaxslarning birlashmasidir.
    Shunday qilib, xalqaro ishlab chiqarish koopersiyasi aniq ishlab chiqarish maqsadi asosida birlashib, faoliyat kо‘rsatuvchi huquqiy shaxslar uyushmasidir.
    Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligining shakllarini quyidagicha ajratib kо‘rsatish mumkin:
    ixtisoslashtirish va koopersiya asosida ishlab chiqarish hamda savdo ishlarini muvofiqlashtiruvchi hamkorlik;
    ilmiy-texnika hamkorligi, pudrat (pay) asosida qurilish sohalarida faoliyat yuritish (qо‘shma korxonalarga ega bо‘lish).
    Hamkorlikning bu shakllarn “sof holda” bо‘lmasligi mumkin. Biroq amaliyotda kо‘pincha firmalar muayyan mahsulotlar ishlab chiqarish qо‘shma korxonalarini tashkil etadilar yoki sohalararo va ichki ixtisoslashtirilgan sohalar asosida ishlab chiqarish xizmatlarini о‘taydilar. Bunda ilmiy ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyatini uyg‘unlashtirgan bir-biriga uzviy bog‘liq qо‘shma korxonalar yaratish maqsadi ham turadi.
    Xalqaro ixtisoslik asosdagi ishlab chiqarish hamkorligi, xalqaro integratsion jarayonlarning yuksak darajadagi taraqqiyotini aks ettiradi.
    Ishlab chiqarish hamkorligining о‘ziga xos belgilari quyidagilardir:
    sheriklar о‘rtasidagi uzoq muddatli, barqaror va doimiy iqtisodiy hamkorlik;
    turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi va sanoat kooperatsiyasiga aloqador sanoat korxonalarining mavjudligi;
    о‘zaro kelishilgan holda tegishli texnologiyalardagi tayyor mahsulotlar, qismlarini (komponentlarini) va boshqa ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishni belgilab olish;
    birgalikda tuzilgan dasturlar doirasida vazifalarni taqsimlash va hamkorlarning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda biriktirib qо‘yish;
    xalqaro hamkorlik doirasida oldi-sotdi ishlarini bajarish.
    Ilmiy, moliyaviy va moddiy resurslarni birlashtirish yо‘li bilan ilmiy-tadqiqot hamda loyihalash ishlarining dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar guruhlari yoki tashkilotlari hamkorligini tuzish g‘oyatda muhim.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga kо‘maklashishi. 5

    Download 268,16 Kb.