|
1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja
|
bet | 61/72 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 268,16 Kb. | | #139504 |
Bog'liq 1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazKeynscha yondashuv. Keyns va monetarchilar mehnat bozori amal qilishini tushuntirib berishga boshqacha yondashadilar. Neoklassiklardan farqli ravishda ular mehnat bozoriga doimiy va fundamental muvozanat xos deb hisoblashadi.
Keynscha model (J.M.Keyns, keyinroq R.Rordon va boshqalar) ishchi kuchi bahosi qat’iy belgilangan va amalda о‘zgarmaydi (ayniqsa kamayish tomonga) degan qoidadan kelib chiqadi. Modelning bu unsuri tasdiqlanib о‘tirilmasdan shak-shubhasiz dalil sifatida qabul qilinadi. Keynschilar fikricha, bozor iqtisodi sharoitida tо‘la bandlikni kafolatlovchi hech qanday mexanizm mavjud emas. Mazkur nazariyaga kо‘ra, bandlik darajasini oshirish va real ishsizlikni kamaytirish tashqi omillarga bog‘liq emas. Aksincha, mehnat bozoriga faol ta’sir yetkazishni ichki omillar, jumladan investitsiyalar va omonat qо‘yilmalar orqali amalga oshirish darkor. Shu bilan birga bozor sharoitida tovarlar va ishchi kuchi bahosi pasayish tavsifiga egadir. Shunday qilib, bu omillar (tashqi - qurg‘oqchilik, iqtisodiy pasayish va ichki omillar) iqtisodiyotni yanada qiyin ahvolga solib qо‘yadi. Shuning uchun ham keynschilar mehnat bozorini avtomatik tarzda tartibga solish mexanizmini inkor qiladilar. Bu konsepsiyaga kо‘ra baho (ish haqi) bozor regulyatori emasligi (bо‘lmasligi) tufayli u chetdan kiritilishi kerak. Bunday regulyator rolini davlat bajaradi. Davlat yalpi talabni kamaytirib yoki kо‘paytirib mavjud muvozanatsizlikka barham berish mumkin. Shunday qilib, bu modelga kо‘ra, ishchi kuchiga talab mehnatga bо‘lgan bozor baholarining tebranishlari bilan emas, balki yalpi talab bilan, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqarish hajmi bilan tartibga solinadi.
Monetarcha model. Bu maktab vakillari fikriga kо‘ra, mehnat bozori nobarqarorligini kuchaytiruvchi bunday salbiy omillarga davlat tomonidan ish haqi minimal darajasining belgilab kо‘yilishi kasaba uyushmalarining kuchli ta’siriga ega ekanligi; vakansiyalar mavjudligi haqidagi hamda rezerv ishchi kuchi haqidagi axborotlarning yо‘qligi kiradi. Monetarchilar bozorni muvofiqlashtirish uchun pul kredit siyosati dastaklarini qо‘llashni taklif qiladi. Bunda sо‘z Markaziy bankning hisob stavkasi va tijorat banklarining Markaziy bank hisobidagi majburiy rezervlari hajmi kabi dastaklar haqida bormoqda.
Jahon aholisi yoshiga bog‘liq ravishda ikki tipdagi odamlarni о‘z ichiga oladi: mehnatga layoqatli - 15-60 yoshlilar, mehnatga layoqatsiz - bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining taxminan 70 foizi birinchi tipga tegishli, biroq bu ulush turli hududlarda о‘zgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Yevropa va Shimoliy Amerikada qariyalar ulushi yuqoriroq.
О‘z navbatida mehnatga layoqatli aholi ham ikkiga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol bо‘lmaganlar. Uy bekalari, talabalar (ta’til paytida), davlat qaramog‘idagi fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bо‘lmaganlar iqtisodiy faol bо‘lmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya’ni mehnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fuqarolarning aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va xorijdan ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
|
| |