• M(i)=(C(i)
  • 1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy




    Download 11,79 Mb.
    bet159/172
    Sana19.06.2021
    Hajmi11,79 Mb.
    #15142
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
    Nazariy qism:

    Internet tizimi orqali moliyaviy harakatlami amalga oshirish, tovar-boy- lik va xizmatlami buyurtmalash, plastik kartochkalarni qo‘llash, masofaviy muloqotni amalga oshirish va boshqa imkoniyatlardan foydalanish, o‘z nav- batida, axborot xavfsizligini ta’minlashni ham talab qiladi. Internet tizimi orqali tarqatilayotgan har qanday ma’lumotlar hamma vaqt bir necha yo‘na- lishlar va serverlar orqali o‘tib kerakli manzilga yetib keladi. Ushbu yo‘na- lishlarda tizimdagi axborotlar yaxlitligi va daxlsizligiga turli tashqi tahdidlar bo‘lishi mumkin.

    Umuman olganda, Internet tizimi har qanday axborot manbasiga cheklov- siz murojaat qilish imkoniyatini ta’minlashdir. Axborot xavfsizligi muammo- si esa, ma’lum darajada ma’lumotlardan foydalanishdagi cheklovlar tizimiga olib keladi. Lekin kriptografiya usullari yordamida foydalanuvchilar imkoni- yatlarini cheklamay ma’lumotlami himoya qilish mumkin.

    Kriptografiya usullari asosida axborotni maxfiylashtirish shifrlash algoritmi yotadi. Lekin boshlang‘ich ma’lumotga qaytish uchun, shifr­lash algoritmini aniqlash kaliti zarur. Shunday qilib, algoritm va kalit kriptografiyaning asosiy tushunchasidir.

    Simmetrik shifrlash algoritmlari foydalanuvchilar uchun ma’lum deb hisoblanadi. Axborot xavfsizligining asosida simmetrik kalitlar maxfiyligi darajasi yotadi. Berilgan shifrlash algoritmi uchun kalitning variantlari soni bilan xavfsizlik darajasi baholanadi.

    Hozirgi paytga kelib simmetrik yopiq kalit bilan shifrlashning birmun- cha kamchiliklari namoyon bo‘lmoqda. Maxfiylik saqlangan holda ma’lumot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi uchun kalitlami hosil qilish, saqlash va kerakli manzilga yetkazishda murakkabliklar pay do bo‘lmoqda. Masalan, bank tizi­mida moliyaviy faoliyat yurituvchi mijozlar soni juda ko‘p bo‘lganligidan, ulaming har birini alohida yashirin kalit bilan ta’minlash amalda mumkin emas. Shu sababli axborot xavfsizligini ta’minlashda asimmetrik kalitlaming afzalliklari ma’lum bo‘lmoqda.

    Asimmetrik kalit usulida ma’lumot jo‘natuvchi ochiq kalit bilan axbo rotni shifrlaydi, qabul qiluvchi esa yopiq kalit yordamida faylni deshifrlaydi (yashirin ma’lumotni ochadi).

    Simmetrik shifrlash usulidagi kamchiliklardan xoli, amerikalik olimlar R. Rivest, A. Shamir va L. Adelman tomonidan kashf etilgan RSA asim- metrik kalitlar asosidagi shifrlash usuli hozirgi paytda keng tarqalgan. Bank tizimida keng qo‘llaniladigan elektron imzoning maxfiyligini ta’minlash RSA usuliga yaqin usullar zimmasiga yuklatilgan.

    RSA usuli bo‘yicha kalitlami hosil qilish algoritmi:

    1. pvaq o‘zaro teng bo‘lmagan tub sonlar tanlab olinadi;

    2. n=p*q modul hisoblanadi;

    3. n=(p-\){q-\) hisoblanadi;

    4. 1 tengsizlikni qanoatlantiruvchi va n soni bilan o‘zaro tub bo‘l- gan e aniqlanadi;

    5. Yashirin d soni (d*e) mod n=1 tenglamani qanoatlantiruvchi qilib tanlab olinadi;

    Shunday qilib, {e, n) - ochiq va (d, n) - yopiq kalitlar juftligini hosil qildik. RSA usuli bilan shifrlash va deshifrlash.

    Matnni (e, n) ochiq kalit bilan shifrlash uchun:

    • shifrlanayotgan matnni M(i) = 0,1,2,..., n-1, bloklarga ajratib olamiz;

    • matn bo‘lagi M(i) ni C(i)=(M(i)e) mod n formula asosida shifrlaymiz;

    • shifrlangan matn bo‘lagi C(z) ni yopiq kalit (d,n) yordamida M(i)=(C(i) d) mod n formula asosida deshifrlab boshlang‘ich matnni hosil qilamiz.

    • Yopiq kalitlami ochish hal qilib bo‘lmas muammoga aylanishi uchun:

    • 1. Ikkita juda katta tub sonlar (masalan har biri 1024 bitdan iborat) ni bir-biridan juda ham uzoq yoki yaqin qilmasdan tanlab olish zarur bo‘ladi;

    • 2. (p-\)(p-l) va (q-X){q-X) sonlaming eng katta umumiy bo‘luvchilari mumkin qadar yaqin bo‘lishi zarur;

    • 3. Odatda e soni sifatida Fermaning tub sonlari: 17, 257, 65537, ... olinadi;

    • 4. Yopiq kalit maxfiy saqlanishi zarur.


    Download 11,79 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




    Download 11,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy

    Download 11,79 Mb.