Nazariy qism:
Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To‘plam) maydonchasida parametrlar to‘plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan keraklisini tanlab parametrlami birdaniga o‘zgartirish mumkin.
Paramertiami bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o‘zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir.
Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo‘llaniladi va tasvirlami kompyuter xotirasida saqlash uchun ko‘plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari faqat tor sohada ishlatiladi.
Bmp (ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llab-quvatlanadi. Keng tarqalgan. Lekin oxirgi paytda boshqa formatlarga o‘z o‘mmi bo£shatib bermoqda.
Gif (Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati jumlasidan olingan. Bir faylda bir necha tasvirlami saqlay oladi va soda animatsiyalar uchun juda qulay. Kam joy egallaydi. Kamchiligi shuki, ko‘pi bilan 256 ta rangni saqlay oladi. Fotusuratlami saqlaganda katta yo‘qotishlar- ga yo‘l qo‘yadi. Intemetda va Web dizaynda keng qo‘llaniladi.
Tiff (ingliz tilidagi Tagged Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir fayli formati jumlasidan olingan. Birinchi tasvir formatlaridan biri. Unda bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Microsoft, Adobe, Apple kabi yirik kompa- niyalar tomonidan qo‘llab-quwatlanishi sababli hozirgi paytda ham omma- viyligicha qolmoqda. Skanerlar, fotoapparatlar ishlab chiqaruvchilar ham un- dan keng foydalanadilar.
Jpeg (Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan format. Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quwatla- nadi. Kam joy egallaydi, tasvir sifatini to‘liq saqlashi mumkin. Lekin tasvir hajmi ko‘p kamaytirilganda sifati yomonlashadi.
Bu formatlar yordamida tasvirlami nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu formatlardan tashqari o‘zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko‘p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo‘yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlami shu formatda saqlash va kerak bo‘lganda ulami qayta ishlashni davom ettirish mumkin.
Amaliy ish:
PhotoShopda mavjud tasvimi ochish qanday amalga oshiriladi?
PhotoShopda joriy tasvimi saqlab qo‘yish qanday bajariladi?
PhotoShop qayta ishlaydigan asosiy formatlami sanab chiqing.
Jpeg, Raw formatlarining afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
PhotoShopni ishga tushiring. Unga biror tasvir yuklang va tasvimi turli formatlarda, turli joylarga saqlashni mashq qiling.
|