-Mavzu: Ilovaga ma’lumotlar kiritish. Ma’lumot turini o‘zgartirish




Download 80.05 Kb.
bet4/14
Sana01.04.2023
Hajmi80.05 Kb.
#48072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-Mavzu Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dastur
УМУМИЙ МИКРОБ биотех намунавий дастур, 572 17.09.2021, ПРОЦЕСС ПАДЕНИЯ РЕДУЦИРОВАННЫХ И ЕГО СЛЕДСТВИЯ, PrintContractPdf, 6272e3a16093bcc7541dc1f04d64b195, yHKuxYOItpJ97DdfsOklwYtTovBgwzEsvuNkthCo, KompyuterTarmoqlar, Referat mavzu Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari -fayllar.org, 12-Amaliy is ШЙК, 3-Amaliy ish, Xx asr boshlarida italiyada ijyimoiy iqtisodiy xayot XX asrning, Tarmoq skanerini tadqiq qilish 3, ARP, Ikki qavatli turar-joy binosi2024
4-Mavzu: Ilovaga ma’lumotlar kiritish. Ma’lumot turini o‘zgartirish.
Reja:
1. Ilovaga ma’lumot kiritish komponenti.
2. Ma’lumot turlari.
3. Ma’lumot turini o‘zgartirish funksiyalari.
DTS:katakcha, katakchalar bloki,adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ma'lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish. Yodingizda bo‘lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo‘lmas edi. Delphida ham bu taqiq o‘rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin? Masalan, Buttonl obyektining eni (Width xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi) Editning Text xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak bo‘lsa, Buttonl,Width:=Editl.Text operatoridan foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to‘xtab, xato to‘g'risida ogohlantiradi. Object Pascalda o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator standart funksiyalar mavjud. Ularni quyida keltiramiz: 1) StrToInt (string to integer) - matn satrini butun songa o‘tkazadi; 2) IntToStr (integer to string) - butun sonni matn satriga o‘tkazadi; 3) StrToFloat (string to float) - matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi; 4) FloatToStr (float to string) - haqiqiy sonni matn satriga.o‘tkazadi, Yuqoridagi operatorni bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz: Button 1. Width:=StrToInt(Edit 1 .Text); 2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi. Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta Edit va bitta Button obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlarni quyidagi rasnida ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz: Ilova oynasidagi Buttonlni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi oynasiga quyidagi ikki satrni kiritamiz. Ularning har biri ham bitta sati'gu sig'magan bo‘lsada, bittadan qatorga kiritilishi kerak. Ikkala satr hum nuqtali vergul bilan tugaydi. F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni kiritib, Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3 ga teng shar hajmi va sfera yuzini hisoblaymiz. Ilovaning ishi natijalari] yuqoridagi rasmlarda ko‘rsatilgan. 3. Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish. Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Shaming hajmi va sfera yuzasi formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalal rostdan ham g'aliz chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. Bunina uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak : bo‘ladii O 'zgaruvchilar dastur matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodl oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 4. Butun sonlar yig'indisi ilovasi. m va n butun sonlar berilgan bo‘lsin| Ular va ular orasidagi barcha butun sonlar yig'indisini topadigan ilovii yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratamiz va unga uchta Label, ikkita Edit va bitta Button obyektini joylaymiz. Ularning joylashishi va xossalari quyidagi rasmda berilgan. Sonlar yig'indisini hisoblash Buttonl tugmasini bosganda amalgJ oshadi. Uni ilovaga kiritish uchun bu tugmani ikki marta bosamiz. NatijadJ ekranda dastur matni oynasi paydo bo‘ladi. Undagi yozuvlar bilaii Bu Paskal tilida yozilgan oddiy protsedura bo‘lib, hozircha u bo‘shl Demak, biz ilova oynasi Forml ga joylangan Buttonlni bosganimizda ilova boshqaruvni TForml.Buttonl Click nomli protseduraga o‘tkazar ekan. Bii protseduraga u qilishi kerak bo‘lgan ishni bajaradigan operatorlarnl kiritamiz. Protseduraning to‘liq ko‘rinishi quyida keltirilgan:
Protseduraning ikkinchi satrida var operatori yordamida to‘rtta butun son turidagi o‘zgaruvchi tavsiflangan. Uchinchi satrdan protseduraning tanasi boshlanadi. Unda bajariluvchi operatorlar joylashgan bo‘ladli To‘rtinchi satrda Edit! maydonchasiga kiritilgan Son butun son turiga aylantirilib, m o‘zgaruvchiga beriladi. Beshinchi satrda Edit2 ga kiritilgun son n o‘zgaruvchiga beriladi. Oltinchi satrda yig'indi saqlanadigan o‘zgaruvchiga boshlang'lch qiymat: 0 beriladi. Yettinchi satrdagi sikl kerakli yig'indini toptidi. Sakkizinchi satrda topilgan yig'indining qiymatini Label3 orqali ilovtl oynasiga chiqariladi. To‘qqizinchi satrdagi operator prOtsedura tugaganinl bildiradi. Ilovani ishga tushirib uning ishini kuzatamiz.
YODDA SAQLANG! Qiymat berish operatorida o‘zgaruvchi va ifoda turlari farq dasturda xato vuz beradi. IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1 Ma'lumotlarning qanday turlarini bilasiz? 2 StrToInt ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi? 3 FloatToStr ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi? 4 StrToFloat ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi? 5 a) kvadrat; b) to‘g'ri to‘rtburchak perimetri va yuzasini hisoblaydigan ilova yarating. m dan n gacha bo‘lgan barcha sonlarning a) kvadratlari; b) kvadrag ildizlari yig'indisini hisoblaydigan ilova yarating. V. UYGA VAZIFA 1. Ma’lumotlarning turini o‘zgartiruvchi funksiyalarni daftaringizga yozib oling.
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo‘lmogi lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting.
1-o‘quv topshiriq «Blits-so‘rov» savollari Bilishi lozim bo‘lgan savollar Berilgan savollarning mazmuni Ma'lumotlarning qanday turlarini bilasiz? StrToInt ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi?
FloatToStr ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi?
StrToFloat ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi?
2-o‘quv topshiriq “““Ilovaga ma’lumotlar kiritish. Ma’lumot turini o‘zgartirish FSMU texnologiyasi
Tayanch bilimlarni faollashtirish: 1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifani belgilanishi: 2. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi. 3. Mustaqil ishlash uchui adabiyotlar bilan tanishtiradi; 4.O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (1ilova). Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish: 2.1Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshka texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi. YAngi o‘quv material bayoni: Yangi o‘quv materiali bayoni. 2.2 Slaydlarlar va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. ( 2- ilova) 2.3 Jalb qiluvchi savollar beradi. 2.4 Mavzu har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi, eng asosiylariga etibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi 2.5 Ilovaga ma’lumotlar kiritish tushunchasi va uning berilishi elementlari xususiyatlarini yoritadi. 2.6 Ma’lumot turini o‘zgartirish funksiyalari bilan ishlash va ular orasidagi bog’lanish haqida tushuntiradi. Yangi o‘quv matrialini mustahkamlash. 2.7 Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi. 2.8 O‘quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi va ishni bajarish uchun yo‘riqnoma beradi ( 4ilova ). Har bir guruhga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (5-ilova). 2.9 Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsad beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushun ganligini aniqlash maqsadida teskari aloqa taashkil etadi: bajarish tartibini gapirib berish vazifasini beradi. 2.10 Bajarish jarayonini kuzatadi maslaxatlar beradi. 2.11 Mashg’ulotga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating


M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring Savol Ilovaga ma’lumotlar kiritish. Ma’lumot turini o‘zgartirish...... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
UYGA VAZIFA
1 StrToInt ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi? 2 FloatToStr ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi? 3 StrToFloat ma'lumotni qaysi turdan qaysi turga o‘tkazadi?

Download 80.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 80.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Ilovaga ma’lumotlar kiritish. Ma’lumot turini o‘zgartirish

Download 80.05 Kb.