1-ilova
Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri
|
Mа’ruzаchilаrning ismi vа shаrifi
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Mа’ruzаning mаzmuni: (1,5)
|
|
|
|
|
- mаvzugа to’g’ri kеlаdi (0,5)
|
|
|
|
|
- kеtmа-kеt, mаntiqаn vа аniq bаyon etildi (0,5 bаll)
|
|
|
|
|
- аniq хulоsа chiqаrildi (0,5)
|
|
|
|
2.
|
Mа’lumоtlаrni tаqdim etishdа vоsitаlаrdаn fоydаlаnildi (ko’rgаzmа) (0,4)
|
|
|
|
3.
|
Rеglаmеntgа riоya etdi (0,1)
|
|
|
|
|
Jаmi:
|
|
|
|
Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri
|
|
1
|
2
|
3
|
(2-ilova)
Yangi mavzu bayoni:
MAVZU: Shaxslar o’rtasidagi munosabatlar va din. Dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari.
Reja:
1. Din jamiyatda to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik funksiyasi
2. Birlashtiruvchilik–integratorlik, tartibga solib, nazorat qiluvchilik–regulyatorlik funksiyalari.
3.Aloqa bog’lashlik, legitimlovchilik–qonunlashtiruvchilik funksiyalari
Din jamiyatda to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik, birlashtiruvchilik–integratorlik, tartibga solib, nazorat qiluvchilik–regulyatorlik, aloqa bog’lashlik, legitimlovchilik–qonunlashtiruvchilik kabi vazifalarni bajaradi
Har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj xosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy–ruhiy ehtiyojga zarurat tug’ilgan. Din ana shunday ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchi vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu– havaslardan, rohat – farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr– bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, Islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu – istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu – havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik– integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarining bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo – Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf–odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, Ro’za (iyd al–fitr) va Qurbon (iyd al–adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
Din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarning birligi. Urf – odat va ibodatlarning jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik –qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini yirik amerikalik sociolog T.Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, “Har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi”.
Din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir.
Har bir kishining, xalqning, yaxshi – yomon qilmishi tabiatga, dunyo faoliyatiga ta’sir etmay qo’ymaydi. Inson abadiy yashamaydi, ammo u umrini uzaytirish uchun sog’lom hayot kechirishga urinib, o’z hayotini cho’zishga harakat qiladi.
Shu o’rinda din yordamga kelib, bunday hayotga ma’naviy poklanish, ruhiy tozalanish orqali etishish mumkin, deya insonga yo’l ko’rsatadi.
Ana shunday mulohazalarni nazarga olgan holda zamon talabiga ko’ra, dinshunoslik fanini o’rganish muhimdir.
|