• 1-ilova Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
  • Faollashtiruvchi savollar.
  • Yangi mavzu bayoni: MAVZU: Missionerlik va prozelitizmning yoshlar ongi va kelajakka ta’siri Reja
  • Mashg’ulotning texnologik xaritasi




    Download 139,8 Kb.
    bet35/39
    Sana18.02.2024
    Hajmi139,8 Kb.
    #158508
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
    Bog'liq
    2 kurst tarbiya
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), texnologiya 7 uzb, true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
    1.2. Mashg’ulotning texnologik xaritasi

    Ish bosqichlari

    Faoliyat mazmuni




    O’qituvchi

    1-bosqich. Mavzuga kirish qismi.
    (15 daqiqa)

    Tashkiliy qism:
    O’quvchiar bilan salomlashadi
    O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekchiradi
    Yo’qlama qiladi
    Baholash mezonlarini yetkazadi (1-ilova)

    O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini suhbat shaklidagi savollar bilan jonlantiradi


    Yangi mashg’ulot rejasi, uning maqsadlari va rejalashtirilgan natijalarini aytadi hamda ularni o’rganishning ahamiyatini izohlaydi.





    2-bosqich. Asosiy qism.
    (55 daqiqa)

    2.1 Yangi mavzuning bayoni
    Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar (2-ilova)
    2.2 Ijodiy faoliyat (3-ilova)
    2.6 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar (4-ilova)



    3-bosqich. Yakuniy qism.
    (10 daqiqa)

    3.1. Mavzuning yakuniy qismi bo’yicha xulosa qilinadi

    3.2 Talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi





      1. Uyga vazifa beriladi. O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish (5-ilova)



    1-ilova
    Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri

    Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri

    Mа’ruzаchilаrning ismi vа shаrifi




    1

    2

    3

    1.

    Mа’ruzаning mаzmuni: (1,5)













    - mаvzugа to’g’ri kеlаdi (0,5)













    - kеtmа-kеt, mаntiqаn vа аniq bаyon etildi (0,5 bаll)













    - аniq хulоsа chiqаrildi (0,5)










    2.

    Mа’lumоtlаrni tаqdim etishdа vоsitаlаrdаn fоydаlаnildi (ko’rgаzmа) (0,4)










    3.

    Rеglаmеntgа riоya etdi (0,1)













    Jаmi:










    Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri







    1

    2

    3

    (2-ilova)
    Faollashtiruvchi savollar.
    Nafosatning inson hayotidagi o‘rni nimada?
    Qanday insonlarga nisbatan «nafosatli» so‘zini ishlatamiz?
    Go‘zallikni siz qanday tushunasiz?
    Tadbirkorlar, milliy hunarmadlar tomonidan tayyorlangan buyumlarga nisbatan nafosat bilan ishlanibdi, degan iboralarni eshitganmisiz?
    Nafosatning ma’naviyat bilan qanday aloqadorligi bor?
    Mazkur rasmlarni nafosat tushunchasi bilan bog‘lang.
    Yangi mavzu bayoni:


    MAVZU: Missionerlik va prozelitizmning yoshlar ongi va kelajakka ta’siri


    Reja:
    1. Missionerlik haqida tushuncha
    2. Prozelitizm
    3. Missionerlik va prozelitizmning yoshlar ongi va kelajakka ta’siri
    Missionerlik so‘zi asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.
    Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir
    dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan
    harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian
    missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda SHotlandiyaning
    Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar
    faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, etarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari
    bilan ta’minlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda
    ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti
    uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning
    hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy adabiyotlarni
    mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda
    ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda
    missionerlik bazalarining ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan
    xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil
    etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
    Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar
    orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham
    ta’kidlash zarur. Sekta bu – faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga etkazuvchi deb da’vo
    qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi.
    Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.
    Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan
    yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida
    faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan
    turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy
    sentr», «Serkov ob’edineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo»,
    «Bojestvennыy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi yuzlab diniy sektalar
    faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni
    respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur
    sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
    Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi
    bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida tashviqot olib
    borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda.
    2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. Missionerlar
    makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib
    kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib
    borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat
    oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy
    qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va
    ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
    Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta
    maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida
    tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan,
    prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim
    o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan
    kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati
    mavjud bo‘ladi. Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni paytda,
    hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-ruhiy
    ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida e’tibor bilan
    qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish, ijtimoiy va
    milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir.
    Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar doirasi
    muntazam ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
    Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilishining sabablari. YOshlarning faol
    ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va
    tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali etarli
    tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan
    qatlami ekani inobatga olinmoqda.
    Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik Djonstoun talaba yoshlarni missionerlik
    faoliyatining asosiy ob’ekti deb qarab, o‘zining «Dunyo operatsiyasi» kitobida shunday yozadi:
    «Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20
    yildan so‘ng yirik mansablarni egallashadi». Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning ertangi
    kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritayotganini
    anglash imkoniyatini beradi.
    Xayriya yordamlari ko‘rsatish ham missionerlikdagi eng qadimiy va samarali usullardan
    biri hisoblanadi. Bunda turli tadbirlar uyushtirilib, ularga asosan yoshlar jalb etiladi. Beg‘araz
    deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlarini aniqlash va so‘ngra
    ular bilan maqsadli ish olib borishni ko‘zlaydigan bunday harakatlar hatto «YAngi yil»,
    «Navro‘z», «Xotira va qadrlash kuni» kabi xalqimizda keng nishonlanadigan bayramlar
    davomida ham g‘arazli maqsadlarda amalga oshirilishi kuzatilgan. Missionerlar o‘zlari
    ko‘rsatayotgan «yordamni» shu bayramlar ruhiga moslashtirishga ham harakat qilmoqda.
    Uyma-uy yurib «Xushxabar» etkazish usulining o‘ziga xos xususiyatlari. Bu usul
    missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb masalalari haqida suhbatlashish, ularning
    dardlariga qiziqish bildirish va ushbu muammolardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib berishni taklif
    qilib, o‘z tashkilotlariga jalb qilishga asoslanadi. Bu missionerlikni amalga oshirishda eng yaxshi
    samara beradigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan usullardan biri hisoblanadi. Masalan,
    ushbu usuldan faol foydalayotgan «Iegovo shohidlari» oqimi a’zolari, o‘zlarini go‘yoki, Iso
    Masih o‘z havoriylariga buyurgan yo‘ldan foydalanayotganlarini da’vo qilib, muayyan hududda
    «tayanch nuqta»ni shakllantirish va unga suyangan holda yaqin qo‘shnilar orasida uyma-uy yurib
    adabiyotlarni tarqatish, maktab o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishga
    alohida e’tibor bermoqda. Bunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan yilga
    ortib bormoqda va bugungi kunda dunyo bo‘yicha qariyb 7 millionni tashkil etmoqda.
    Ta’lim-tarbiya sohasidagi missionerlikdan ko‘zlangan maqsadlar. Ta’lim tizimi
    bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tufayli g‘oya va qarashlarni singdirishdagi tadrijiylik
    ta’minlanadi. SHu bilan birga, talim jarayonida amalga oshirilgan targ‘ibot natijalarini bevosita
    tekshirib ko‘rish va uni takomillashtirib borish imkoniyati ham mavjud. Bu kabi xususiyatlar
    missionerlarning ta’lim tizimiga alohida e’tibor bilan qarashini keltirib chiqarmoqda.
    Adventistlarning dunyo bo‘yicha 5000 dan ortiq o‘quv markazlariga, pyatidesyatniklikning eng
    yirik oqimlaridan biri – «Xudo assambleyalari» cherkovlari bir necha kollej va Bibliya
    maktablariga egalik qilayotgani ham aynan shu bilan izohlanadi.
    Jumladan, O‘zbekiston istiqlolining dastlabki yillarida missionerlar turli volantyor
    tashkilotlar niqobi ostida mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib olishga uringanlari kuzatilgan. Ular
    yurtimizdagi mavjud ta’lim muassasalarida turli til, kompyuter, sport to‘garaklari tashkil etish
    niqobi ostida talaba va o‘quvchilar orasida o‘z dinlarini targ‘ib qilishga harakat qilgan.
    SHuningdek, missionerlik tashkilotlari o‘z dinlarini targ‘ib qilishda audio, video va
    elektron mahsulotlar, gazeta va jurnallar, teledasturlar, internetda onlayn o‘quv kurslari tashkil
    etish yo‘llaridan ham foydalanmoqda. Ommaviylik, davriylik, o‘quvchilar auditoriyasining
    kengligi tufayli gazeta va jurnallar missionerlar tomonidan o‘z qarash va g‘oyalarini singdirish
    quroli sifatida qo‘llanilmoqda.



    Download 139,8 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Download 139,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg’ulotning texnologik xaritasi

    Download 139,8 Kb.