• Metod
  • Xavsizlikni ta’minlash usullari
  • Elektron raqamli imzo
  • 1-Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. 9-Topshiriq




    Download 17.31 Kb.
    Sana09.01.2024
    Hajmi17.31 Kb.
    #133500
    Bog'liq
    1 sharh ishi kiber
    taqdimot, 7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish

    1-Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.
    9-Topshiriq. “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash usullari. Elektron imzolar qo‘llanishini ta’minlash uchun IUT xizmatlari spesifikatsiyasi.”. O‘zbekiston Davlat standarti. O’zDSt ISO/IEC 15945:2002.
    Metod: Sharx.
    Axborot texnologiyalari (inglizcha: IT) — bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari tizimi (IT tizimi) — odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va IT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda IT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi. Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
    Xavsizlikni ta’minlash usullari—axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi. Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyatlar texnik axborot xavfsizligi choralari, yuridik javobgarlik, shuningdek, foydalanuvchi va maʼmurlarni tayyorlash standartlari sohasida asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boradi. Ushbu standartlashtirishga asosan maʼlumotlarga kirish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni tartibga soluvchi keng koʻlamli qonunlar va qoidalar taʼsir koʻrsatadi.
    Elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi. Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
    Download 17.31 Kb.




    Download 17.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. 9-Topshiriq

    Download 17.31 Kb.