YIRIK PLAN NIMA?
Ehtimol, har bir odam kinoda tasvir qay tariqa e'tiborga havola etilishiga e'tibor bergan bo’lsa kerak goh: voqealar yirik planda namoyish etilib, ularning ustiga «bostirib boriladi», gohida esa yiroqdan suratga olinadi. Bu usullar operator ishi uchun majburiy amallarga aylandi. Istalgan film bir talay — uzun va qisqa sahnalardan tarkib topadi. Ularni ssenariynavislar to’qishadi, rejissyorlar esa amalga oshirishadi. Operatorning vazifasi esa — o’ynalayotgan voqealarning eng a'lo tasviriga erishish. Buning uchun u har xil planlardan foydalanadi; goho dekoratsiyani umumiy plan bilan ko’rsatadi, gohida kinoapparatni aktyor yuziga maksimal darajada yaqinlashtiradi. Aynan shu narsa yirik plandir. Uning ko’magida biz aktyor ko’zlaridagi yoshlarni, nozik kechinmalarni umuman uning yuzida zuhur etadigan hamma narsani ko’ramiz. Tag’in bir professional termin mavjud — bu, amerikacha plan degani bo’lib, unda bosh qahramon butun bo’y -basti bilan ko’rsatiladi. Nihoyat, operator shuningdek keng qamrovli suratga olishdan va harakatlanuvchi kamera bilan suratga olish, ya'ni ustiga bostirib borishdan istifoda etadi. Operator va rejissyor ba'zida topqirlik qilib mo’jizalarini namoyish etishadi. Kamera rels bo’ylab harakatlanayotgan aravachaga ilingan, kran xartumiga osilgan, eskalatorning harakatlanayotgan lentasiga, osma ko’prikka vertolyotga o’rnatilgan, askar qalpog’iga tangilgan bo’lishi ham mumkin.
KASKADYOR KIM?
Filmda suratga tushayotgan aktyor u yoki bu tryuklarni, xususan, agar ular maxsus akrobatik tayyorgarlikni talab etgudek bo’lsa, ijro etishga hamisha ham qodir bo’lavermaydi. Buningdek sahnalarda aktyor o’rnida kaskadyor o’ynaydi. Kamdan-kam aktyorlargina xavfli sahnalarda dublyorsiz suratga tushishga rozi bo’lishadi. Chunki kino tarixi suratga olish maydonchasida sodir bo’lgan ko’pdan-ko’p baxtsiz ҳodisalarga guvohdir. Shunda kaskadyor madadga keladi. Uning qaddu basti ham taxminan aktyornikicha. U mos ravishda kiyinadi. Mabodo zarur bo’lsa, uni hatto grimlab ham qo’yishadi. Kaskadyor duelda jang qiladi, poyezddan sakraydi, boshqa xavf-xatarli vaziyatlarga tushib qoladi. Va u boshqalar singari gurralar va ko’kariqlar orttirgan hollar ham uchrab turadi. Uning kasbi-kori o’zi shunaqa-da.
|