Sutka davomida elektr energiya iste’moli




Download 6,06 Mb.
bet8/72
Sana14.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#230781
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Elektr tarmoqlari. texnikum

3.Sutka davomida elektr energiya iste’moli.
Energiya tizimlarida sutka davomida elektr energiya iste’moli notekis va qoidaga ko‘ra, elektr energiya uchta: kam iste’mol qilish rejimi, o‘rta iste’mol qilish rejimi va maksimal iste’mol qilish rejimlariga ega. Bu elektr energiya iste’moli rejimlarga muvofiq sutka kesimida quyidagi zonalarga bo‘linadi:
 elektr energiya minimal iste’mol qilish zonasi - tungi tarif zonasi soatlariga;
 elektr energiya o‘rta iste’mol qilish zonasi - yarim tig‘iz tarif zonasi soatlariga;
 elektr energiya maksimal iste’mol qilish zonasi – tig‘iz tarif zonasi soatlariga.

Qoidaga ko‘ra, ertalabki va kechki maksimal iste’mol soatlariga (ertalabki va kechki tig‘iz zonalar) ajratiladi. Generatsiyalaydigan quvvatlarning maksimum soatlardagi yuklanishi tungi minimum soatlaridagidan bir necha martta yuqori bo‘ladi.


Differensiallangan tariflarni kiritilishining asosiy sabalaridan biri energiya tizimlarida yuklama grafigini tekislashga intilish hisoblanadi, Bu yangi generatsiyalaydigan quvvatlarni kiritishni elektr energiya iste’mol qilishning kamayishi hisobiga maksimum soatlarga olib qo‘yilishiga imkon beradi. Bunig uchun elektr energiya iste’molchilari iste’mol qilish grafigini o‘zgartirishi, ya’ni ko‘p energiya iste’mol qiladigan ishlab chiqarishni elektr energiya maksimal iste’mol qilish zonasidan o‘rta va minimal iste’mol qilish zonalariga o‘tkazishi zarur.
Sutka vaqtlariga bog‘liq turli tarif stavkalarining kiritilishi bilan ham iste’molchilarda, ham elektr energiyani yetkazib beruvchilarda iqtisodiy samaraga erishiladi. Iste’molchi iste’molini tartibga solish va unda energiyani tejash uchun texnologik siklni o‘zgartirish bilan energiya iste’molini mohirona boshqarish bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p tarifli hisoblagichlarning o‘rnatilishi iste’mol qilingan elektr energiyasiga zamonaviy tariflar bo‘yicha hisoblashishga o‘tishga imkon beradi. Ko‘plab energiya tizimlarida tunda, kunduzi va energiya tizimining cho‘qqili yuklama soatlarida elektr energiyaga turli narxlar o‘rnatilagn. Agar korxona ishlab chiqarish qismlarining bajarilishini elektr energiya arzon bo‘lgan vaqtlarga ko‘chirsa, u holda elektr energiyaga to‘lovni sezilarli kam to‘laydi. Masalan, Rossiyada elektr energiya uchun tungi tarif kunduzgiga 48

nisbatan 3 marta arzonligini e’tiborga olsa, iqtisod qilish 30 % gachani tashkil etishi mumkin


Shu bilan birga energiya kompaniyalari o‘z navbatida, butun energiya tizimida yuklama grafigi tekislanishidan katta texnik va iqtisodiy samaradorlikka erishadi. Energiya tizimlari o‘sib borayotgan yuklamani qoplash uchun yangi quvvatni kiritish yoki elektr quvvatni boshqa energiya tizimlaridan sotib olishdan voz kechadi. Buning natijasida issiqliq elektr stansiyalarining ish rejimlari yaxshilanadi, elektr energiyani ishlab chiqarishga yoqilg‘i sarfi va energetik qurilmalarning eskirishi qisqaradi.


Download 6,06 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Download 6,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sutka davomida elektr energiya iste’moli

Download 6,06 Mb.