|
ENHAT quyidagilarga imkon beradi
|
bet | 2/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikumENHAT quyidagilarga imkon beradi:
- Elektr energiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish;
- Elektr energiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish;
- Elektr energiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini oshirishga erishish;
- Elektr energetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat qilinishini ta’minlash;
- iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli boshqarish sxemalarini ishlatish;
- korxonaning ish samaradorligini oshirish.
ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- elektr energiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls chiqishli);
- ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummatorlar va boshqalar);
- kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, ajratilgan telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
- aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va boshqalar);
- maxsus DT o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun).
ENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi haqida ma’lumotlarni yozish;
- hisoblagichlardagi arxiv yozuvlar va tizimning o‘z-o‘zini avtomatik tekshirish ma’lumotlarini saqlash va nazorat qilish;
- konsentrator, terminal va hisoblagich parametrlarini o‘rnatish;
- masofadan o‘qish, elektr ta’minotini uzish/ulashni nazorat qilish va iste’mol darajasini nazorat qilish;
- avtomatik va avtomatik bo‘lmagan so‘rov;
- liniyalardagi isroflar va elektr energiyasi o‘g‘irlanishlarining oldini olish;
- operator vakolatlarini cheklash;
- normal bo‘lmagan jarayonlar haqida hisobot;
- taqsimlash tarmog‘ining sxemasini aks ettirish;
|
| |