2.Axborotlarni qayta ishlash va uzatish.
Axborotlarni qayta ishlash va uzatish oralig‗i quyidagicha:
- operativ – 10 sekunddan ortiq bo‗lmagan (operativ boshqarishdagi maqsadlar uchun);
- tijorat – 30 minutli, talab qilinadigan vaqtda quvvatning (elektr energiyasining) o‗rtacha qiymatlari haqida;
- taqvim – sutkalik iste‘mol ko‗rsatkichlari haqida;
- o‗sib borish tartibi bilan yakunlanadigan (elektr energiya va quvvat haqida haftalik va oylik axborotlar).
Barcha sanab o‗tilgan pog‗onalarda ENHATning axborotlarni yig‗ish va qayta ishlash markazlari ETKning tuzilmaviy bo‗linmalari hisoblanadi.
Axborotlarni uzatish uchun quyidagi kommutatsiyalanadigan yoki ajratilgan aloqa kanallari ishlatiladi:
- kabelli va simli telefon kanallari;
- yuqori kuchlanishli liniyalar bo‗yicha yuqori chastotali aloqa kanalari;
- radiostansiyalar asosidagi radiokanallar, uyali yoki boshqa mobil aloqa kanallari.
Elektr energiyasi va quvvati to‗g‗risidagi dastlabki axborotlar MET hududida joylashgan ENHAT obyektlarida: elektr stansiyalar, nimstansiyalar va blok-stansiyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida shakllantiriladi.
3.ENHAT tuzilmasi va funksiyalarining.
ENHAT tuzilmasi va funksiyalarining ishlatilishi uchun universal va maxsus texnik vositalar ishlatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi sarfini hisobga olish asboblari (hisoblagichlar) va o‗lchov o‗zgartirgichlari (datchiglar);
- axborot-o‗lchov tizimlari (AO‗T) – hisoblagichlardan olingan axborotlarni yig‗ish, birlamchi qayta ishlash, saqlash va axborotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan vositalari;
- axborotlarni qayta ishlash markazlariga AO‗T dan axborotlarni uzatish vositalari bo‗lgan lokal tarmoqlar, aloqa kanallari, modemlar va boshqa qurilmalar;
- energiya obyektlaridan keladigan axborotlarni qayta ishlash markazlari va ENHAT iyerarxiyasi pog‗onalari orasida axborotlarni almashtirish uchun hisoblash texnikasi vositalari;
- ENHAT DT tizimiy, funksional va texnologik qismlardan tashkil topgan. Tizimiy va funksional DT ENHAT iyerarxiyasi pog‗onasiga, bajariladigan vazifalarga va foydalaniladigan texnik vositalarga bog‗liq. Texnologik DT esa, bevosita ENHAT tatbiq etilgan obyektning texnologik jarayoniga bog‗liq ravishda amalga oshiriladi.
3.17-rasmda quyidagi to‗rtta tuzilmalar bilan aloqaga va boshqaruvga ega bo‗lgan bosh axborot-tahlil markazi tasvirlangan:
Birinchi tuzilma – barcha issiqlik va gidroelektrostansiyalardan iborat. ENHAT generatsiya, o‗z ehtiyojlari, texnologik ehtiyojlar va tuzilmaga berish uchun CTK3 turidagi ―Energiya-9‖ markali uch fazali ko‗p funksiyali to‗rtta hisoblagichga ega.
Ikkinchi tuzilma – barcha 110-220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari va nimstansiyalardan tashkil topgan METdan iborat. ENHAT energiyani uzatish va qabul qilish uchun CTK3 markadagi ―Energiya-9‖ turidagi uch fazali ko‗p funksiyali uchta hisoblagichlarga ega. MET ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‗z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – ETK tuzilmasiga elektrenergiyasini uzatish uchun o‗rnatilgan.
Uchinchi tuzilma – barcha 6-10-35 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari va elektr nimstansiyalaridan tashkil topgan ETKdan iborat. ENHAT ETK ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‗z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – tuman elektr tarmoqlari (TET) tuzilmasiga elektr energiyasini uzatish uchun o‗rnatilgan uchta hisoblagichlarga ega.
|