• 2.ETATNEH tushunchasi.
  • 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari




    Download 6,06 Mb.
    bet1/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum


    ‘’Elektr ta’minoti elektr tarmoqlarida avtomatlashtirilgan tizimlar nazorati va elektr energiyasini hisobga olish’’ fanidan mavular

    1-mavzu.Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.
    1.Fanning maqsad va vazifalari.
    «Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab, uni nazorat qilish va hisoblashni avtomatlashtirib beruvchi elektr ta’minot tizimini o‘rganishdir.
    «Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Elektr ta’minotida energiya nazoratini avtomatik qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunalarni to‘g‘ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot tizimida ETATNEH masalalarini talabalar o‘zlashtirishidir.
    «Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda o‘quv rejasida rivojlantirilgan elektr texnikaning nazariy asoslari (zanjirlar nazariyasi, transformatorlar, nosinusoidal katgaliklar qismlari); elektr o‘lchov; elektr mashinalari; elektr ta’minoti sistemasida elektr stansiyalar va podstansiyalar; dasturiy ta’minot va iqtisodiy hisoblarda EHM ishlatilishi; elektr ta’minoti sistemasida elektr tarmoqlari; energetikani matematik masalalari va h.k. fanlarni bilishga asoslanadi.


    2.ETATNEH tushunchasi.
    Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan foydalanishga asoslangan tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar hamda ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida ENHATni tashkil qiladilar.
    ETATNEH bu – nazorat-o‘lchov qurilmalari, aloqa kommunikatsiyalari (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil topgan energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik hisobga olishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuidir.

    Download 6,06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




    Download 6,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

    Download 6,06 Mb.