|
Elektr energiyasini hisobga olishning yangi usullari
|
bet | 12/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum2. Elektr energiyasini hisobga olishning yangi usullari.
O‗zbekiston energetika tizimi elektr energiyani sotib olish va sotish bilan qo‗shni davlatlar energiya tizimlari bilan o‗zaro bog‗lanadi. Shuning uchun energiya tizimi ichida va uning sub‘yektlarida hisobga olish tizimini rivojlantirish zamonaviy xalqaro me‘yor, qoidalar va standartlarga mos kelishi zarur.
Yuqoridagi fikrlarga ko‗ra, elektr energiyasini hisobga olishning yangi usullariga o‗tishda, energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilganlik hajmini aniqlashda, energiya resurslarini va elektr energiyani tijorat asosida hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot-o‗lchov tizimlarining texnik va iqtisodiy samaradorliklari 146
masalalarini tahlil qilishda amaldagi hisobga olish tizimini ko‗rib chiqish zarurati tug‗iladi.
ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi iqtisodiy samaradorlikka erishiladi:
sutka davomida pog‗onalashgan tarif bo‗yicha iste‘molni hisobga olish tizimiga o‗tish;
10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyani yetkazib berish davomida barcha zanjirlar bo‗yicha nomuvozanat holatini hisoblash;
elektr energiyasi isroflarini aniqlash;
elektr energiyasi hisoblagichlarining aniqlilik darajasini oshirish;
elektr energiyasidan maqsadsiz foydalanishni o‗z vaqtida aniqlash;
inson omili ishtirokisiz elektr energiyasi hisoblagichlaridan ma‘lumotlarni olishda xatoliklarning bo‗lmasligi;
tezkor nazorat qilish va elektr tarmoqlari yuklamalarini simmetriyalashga o‗tish munosabati bilan elektr tarmoqlarning xizmat qilish muddatlarini oshirish;
elektr energiyasini sotib olish bo‗yicha yechimlarni qabul qilish jarayonida elektr iste‘moli bo‗yicha ma‘lumotlarni operativ olish va ularni qayta ishlash;
nazoratchi xodimlar sonini qisqartirish;
hisobga olish nuqtalarida xizmat ko‗rsatish va hisoblarni yozib borish bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish;
iste‘mol qilingan elektr energiya uchun to‗lovni o‗z vaqtida amalga oshirish bo‗yicha iste‘molchilar mas‘uliyatini oshirish.
|
| |