|
- Mavzu: Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi binolarida elektr energiyasi sarfini hisoblash
|
bet | 11/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum6 - Mavzu: Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi binolarida elektr energiyasi sarfini hisoblash.
Reja:
1.Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobi.
2. Elektr energiyasini hisobga olishning yangi usullari.
1.Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobi.
ko‗rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimlari bir qator kamchiliklarga ega. Masalan, ishlab chiqarishning ko‗p sohalarida energetik ko‗rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish turli vaqtlarda maxsus o‗lchashlar yo‗li bilan davriy ravishda amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, bunday o‗lchashlar har doim ham hisoblash parametrlarining butun o‗zgarishlari dinamikasini to‗liq aks ettirmaydi va ularning o‗zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi.
O‗zbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator korxonalarida o‗tkazilgan tadqqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, mavjud energiya tashuvchilari va energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil etilishida ulardan foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq baholashni amalga oshirish va energiya resurslari sarflarining me‘yorlarini asos bilan aniqlash mumkin emas.
Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, bu masala yetarli darajada o‗z yechimi topa olmay kelmoqda. Masalan, ko‗plab sanoat korxonalariga xos bo‗lgan energiya ta‘minoti tizimining o‗lchov va nazorat asboblari bilan ta‘minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Odatda barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish imkoniga ega. Biroq bu imkonoyatdan har bir korxona samarali foydalana olmayapti.
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig‗uvchi agregatlar va texnologik jarayonlarda iste‘mol qilinadigan energiya resurslarini hisobga olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, qoidaga ko‗ra, texnologik jarayonda qo‗llaniladigan siqilgan havo, azot, vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish mavjud emas. Bu energiya resurslarini maqsadli sarflanmasligiga olib keladi. 145
Barcha ishlab chiqarish ob‘yektlarida ham energiya resurslarini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan va samarasiz ishlatilmoqda. Odatda, bu tizimlar ist‘emol quvvati, energiya sarfi va energiya tashuvchilarning bir necha ko‗rsatkichlarini hisobga oladi va nazorat qiladi. Shunday qilib, bu tizimlar asosan axborot tizimlari sifatida ishlatiladi.
Lekin energiya tejamkorligini boshqarish uchun bu funksiyalar yetarli emas. Chunki barcha energiya resurslari turlarining ist‘emoli haqida olingan axborotlar asosida energiya iste‘moli bo‗yicha energiyani tejashni optimal boshqarishning asosiy masalalarini yechib bo‗lmaydi.
Hozirgi kunda MDH davlatlaridagi sanoat korxonalarida ham konstruktiv elementlari, ham funksiyalari bo‗yicha katta xilma-xillik bilan xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimlari ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Bunday tizimlar tarkibiga odatda o‗zgartiruvchi datchiklar (analog va diskret signalli), o‗zgartirgichlardan ma‘lumotlarni yig‗ish, axborotlarga ishlov berish, axborotlarni chop etishga yoki tabloga berish qurilmalari va boshqalar kiradi.
Yuqorida aytib o‗tilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi ta‘riflar bo‗yicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan avtomatlashtirilgan axborot-o‗lchov tizimini (ENHAT AAO‗T) qurish, quvvat va energiya, shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini nazorat qilishni tashkil etish uchun mo‗ljallangan.
|
| |