• KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI
  • Beknazar Abduxalilovich Sultonov
  • KIRISH
  • Academic Research in Educational




    Download 279 Kb.
    bet1/3
    Sana08.06.2024
    Hajmi279 Kb.
    #261522
      1   2   3
    Bog'liq
    kichik-biznes-va-xususiy-tadbirkorlikni-iqtisodiyotda-tutgan-o-rni



    Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-610-613

    Volume 3 | Issue 5 | 2022
    Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
    SJIF: 5,7 | UIF: 6,1


    KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI




    Gulnara Shodiyeva


    Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti professori.


    Dilnoza Azamatovna Tog’ayeva


    Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti magistranti


    Beknazar Abduxalilovich Sultonov


    TDIU Samarqand filiali assistenti


    ANNOTATSIYA


    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.
    Kalit so’zlar: Biznes, Iqtisodiy ko‟rsatkichlar, elektron tijorat, YAIM, barqaror rivojlanish.


    KIRISH


    Misol tariqasida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 7 fevral
    № 4947 farmoni bilan 2017−2021 yillarda O„zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlab berdilar
    Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo„naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo„yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
    taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy

    sarmoyalarni faol jalb etish”.Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda.



    Download 279 Kb.
      1   2   3




    Download 279 Kb.