• XULOSA
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




    Download 279 Kb.
    bet2/3
    Sana08.06.2024
    Hajmi279 Kb.
    #261522
    1   2   3
    Bog'liq
    kichik-biznes-va-xususiy-tadbirkorlikni-iqtisodiyotda-tutgan-o-rni

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA





    1. rasm

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi

    Ko'rsatgichlari

    2019

    2020

    2021

    2021yil 2019 yilga nisbatdan o'zgarishi.
    +/- %

    O'zbekiston
    Respublikasida YIM

    56.0

    55.7

    54.9

    -1.1

    98

    Sanoat

    25.8

    27.9

    27.0

    1.2

    104.6

    Qurilish

    75.8

    72.5

    72.4

    -3.4

    95.5

    Bandlik

    76.2

    74.5

    74.4

    -1.8

    97.6

    Eksport

    27.0

    20.5

    22.3

    -4.7

    82.5

    Import

    61.6

    51.7

    48.7

    -12.9

    79

    1-jadval ma'lumotlaridan ko‟rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasida YAIM 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2 % ga kamaygan. Sanoatda esa bu ko‟rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 4.5 % ga kamaygan.
    Bandlikda esa bu ko‟rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 2.4 % ga kamaygan. Eksportda esa bu ko‟rsatgich 2019 yilga nisbatdan 2021 yilda 17.5 % kamaygan, dalolat beradiki chet el davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushini olib qaraydigan bo`lsak, Fransiyada bu ko`rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda - 52 foizni, Qozog`istonda - 25,6 foizni, Rossiyada – 20,0 foizni tashkil etadi (2-rasm).
    Bunda turli davlatlarda sub`ektlarning kichik biznes sohasiga taalluqliligi mezonlariga ham e`tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo`lgan sub`ektlar kichik biznes sub`ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo`lgan sub`ektlar esa o`rta biznes sub`ektlari deb yuritiladi. Shuningdek,
    Rossiyada kichik biznes sub`ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha bo`lgan sub`ektlar taalluqli bo`ladi.


    1. rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushi (foizda)

    Respublikamizda “ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug„dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo„llab- quvvatlash va rag„batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo„nalishiga aylanmog„i zarur”
    “...2016-yilda 32 ming taga yaqin yoki 2015-yilga nisbatan 18 foizga ko„p kichik biznes subektlari tashkil qilinishiga turtki bo„ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi”. “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta‟minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo„l qo„yilmaslik davlat siyosatining muhim ustuvor yo„nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangani bu boradagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko„tarilganidan dalolat beradi.”
    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy islohotlar o`tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini yo`lga qo`yish kabi muhim masalalarni hal etishga katta e`tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib, dehqonchilikda: g`allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik hamda chorvachilikda: qoramolchilik, qo`ychilik, qorako`lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo`nalishlarida hamda mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari rivojlanib bormoqda.
    Respublikamizda fermer xo`jaliklarining yuqori sur`atlarda rivojlanishi natijasida 2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab
    chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 73,6 foizdan 98,2 foizga oshgan. (3-rasm).


    1. rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo’jaligidagi ulushi



    XULOSA


    Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o„sish sur‟atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo„lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o„rin tutmoqda. Shu sababli, kichik biznes sub‟ektlari faoliyatini o„rganish va sohada mavjud muammolarni echish yo„llarini tadqiq qilish va ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.



    Download 279 Kb.
    1   2   3




    Download 279 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

    Download 279 Kb.