3
320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma);
640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);
800x600 SVGA (Super VGA);
1024x768 XVGA (extended VGA - kengaytirilgan VGA);
1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik);
1280x800 HD+ (HD dan ko`proq);
1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA);
1440x900 HD++ (HD dan yanada ko`proq);
1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko`proq);
1920x1080 FHD (Full HD - to`liq HD);
2560x1440 QHD (Quadra HD - to`rtlangan HD);
3840x2160 4K (4 kilo - to`rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o`ta HD)
Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo`lib, har bir qator
va ustun kesishgan joyda
piksel
deb ataluvchi juda kichik tasvir bo`laklari
joylashgan. Piksellarning har biri alohida manzilga ega
va mustaqil boshqarilishi
mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to`rt baytgacha joy ajratilishi
mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo`lgan ranglardan birida
bo`lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o`zi uchga bo`linadi. Ulardan biri
qizil
, ikkinchisi
yashil
, uchinchisi
ko`k
rangda porlaydi. Bu ranglar
asosiy ranglar
deb ataladi va turli nisbatda qo`shilib, tabiatda uchraydigan
ranglarning deyarli
barchasini yarata oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus
yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi,
mavjudlari raqamli
ko`rinishga o`tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko`rinishda tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o`tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha
boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki,
uning
ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy
sabablaridan biri bo`lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga,
tijoratga, san`at va sportga ham tegishli
bo`lib, barcha sohalarda keng qo`llaniladi. Kompyuter grafikasi bo`yicha har yili
ko`plab konferensiyalar o`tkaziladi, ilmiy jumallar va o`quv qo`llanmalar chop
etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha
yuz milliard dollarlik
kompyuter grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San`at durdonalari
yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o`yinlar bo`yicha jahon
birinchiliklari o`tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga
ajratiladi:
1)
statsionar (o`zgarmas)
yoki
oddiy grafika
;
2)
kompyuter animatsiyasi
;
3)
multimedia
.